«Investitsiyalar to‘g‘risida»gi qonun loyihasining nomi o‘zgardi
2019 yil 21 noyabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan konseptual qabul qilingan “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida, qonunchilik amaliyoti, norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, uning nomi o‘zgartirildi. Endi u “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi deb nomlandi.
Mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasining navbatdagi 2019 yilning 9 dekabrdagi majlisi kun tartibiga kiritildi. Unda deputatlar loyihani moddama-modda ko‘rib chiqishib, ko‘plab bahsli tomonlarini muhokama qildilar.
Deputatlar qayd etishicha, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishonchini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mustahkam va barqaror huquqiy bazani shakllantirishni talab etadi.
Qonun loyihasini maromiga yetkazishda uning 6 ta moddasi qisqartirilib, 46 ta normasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endi qonun loyihasi 69 moddadan iborat bo‘ldi. Jumladan, investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplariga oid moddalar qayta ko‘rib chiqildi. Asosiy tushunchalardan ba'zi bir tushunchalar hujjat matnida qo‘llanilmagani va umume'tirof etilgan tushuncha hisoblangani sababli chiqarilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha izoh, monopoliyaga qarshi qo‘shimcha izoh, innovatsion ishlab chiqarish, xorijiy yuridik shaxs, chet el fuqarosi, xalqaro tashkilot” shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, “investitsiyalar va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi, investitsiya faoliyati sub'yektlari” kabi ba'zi bir tushunchalar ular mazmunidan kelib chiqib qonun loyihasi matniga ko‘chirildi.
Deputatlar fikricha, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun teng sharoitlar yaratish, sohada amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lgan nomutanosibliklarning oldini olish, byurokratik to‘siqlarga barham berishga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, investorlar bilan ishlash va barcha aloqador davlat tuzilmalarining ishlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha muvofiqlashtirish, hududiy investitsiya siyosatini olib borishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Deputatlar “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildilar.
Mavzuga oid
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
16:43 / 10.12.2024
Toshkent viloyatining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarida 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi
16:26 / 07.12.2024