Davlat rahbarining noyabrda viloyatga taşrifi çoğida iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş, qöşimça imkoniyatlarni izlab topiş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Yiğilişda şu asosida tayyorlangan takliflar körib çiqildi.

Masalan, Karmana tumanidagi kimyo texnoparkiga tutaş yaylov yerda yangi sanoat korxonalarini joylaştiriş möljallanmoqda. Infratuzilma va xomaşyo borligi bois u yerda kelgusi yilning özida kaolin, kvars, dioksid kremniy, mato böyoği loyihalarini boşlaş mumkin.

Xitoylik investorlar Xatirçi tumanida kvars va granitni qazib oliş hamda qayta işlaş taşabbusini bildirgan. Konimex, Navbahor va Uçquduq tumanlarida joylaşgan 11 ta foydali qazilma maydoni ham özlaştiriş uçun istiqbolli.

Aydarköl atrofidagi 150 gektarda mehmonxona va dam oliş maskanlari barpo etilsa, 10 ming nafargaça sayyohlarga xizmat körsatadigan loyihalar amalga oşiriladi, 200 ta iş örni yaratiladi. Nurotaning Sentob, Xatirçining Langar va Angidon qişloqlarida 200 ta oilaviy mehmon uyi taşkil etilişi yiliga 600 mingga yaqin sayyohlarni jalb qiliş, 500 nafar aholi bandligini ta’minlaş imkonini beradi.

Mamlakatdagi yaylovlarning 43 foizi Navoiy viloyatida, lekin uning 5 foizidan foydalanilyapti, xolos. Şu bois 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor uruğlar sepiladi hamda aholiga bölib beriladi. Tomdi hamda Uçquduq tumanlarida eçkiçilik va qöyçilik rivojlantiriladi.

Şuningdek, Xatirçida geni özgarmagan va organik mahsulot sertifikatini beradigan zamonaviy laboratoriya taşkil qilinmoqda. Mazkur tumanda 500 gektar, Navbahorda 200 gektar adir yerlarda intensiv boğ va tokzorlar barpo qilinadi.

Dalalar va mahallalarda bozorbop mahsulotlar yetiştiriş rağbatlantiriladi. Jumladan, Italiyadan kungaboqar uruği olib kelib, takroriy ekin sifatida 10 ming gektarda ekişni taklif qilinmoqda. Natijada 5 ming aholi qöşimça daromadga ega böladi, işlab çiqariladigan kungaboqar yoği viloyat aholisining yillik talabini qoplaydi. Paxtaçilikda ham hudud tuproğiga mos, suvsizlikka çidamli göza Xitoy navlarini ekiş kengaytiriladi.

Bu yilning ötgan davrida viloyatda 111 ming aholi işga joylaştirilgan. 2025 yilda 140 ming aholining bandligini ta’minlaş, 10 mingta oilani kambağallikdan çiqariş maqsad qilingan.