O‘zbekiston | 07:47 / 13.12.2019
14451
4 daqiqa o‘qiladi

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun shaxsan mas'ullar belgilandi

Foto: kubnews.ru

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida:

·        tegishli hududda meva-sabzavot va uzum turlarini joylashtirishda yetishtiriladigan mahsulot hajmi bog‘lar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi asosida aniqlanadi;

·        mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan normativ hosildorlik talablariga rioya etilishi ular ishtirokida tuzilgan shartnomalar, davlat statistika hisobotlari hamda vakolatli organlarning axborot tizimlaridagi ma'lumotlar yordamida hududiy qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan monitoring qilinadi;

·        o‘tkazilgan monitoring natijalari har yili kamida bir marta xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilinadi.

Shuningdek, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 55 ta tumanni alohida mahsulot turiga ixtisoslashtirish, ularda faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari faoliyatining samarali tashkil etilishi hamda 2020 yilda 26 ming gektar kam hosilli va yaroqsiz bog‘lar o‘rnida intensiv usulda 7 ming gektarida gilos, 8 ming gektarida yong‘oq va shaftoli, 8,5 ming gektarida o‘rik va anor hamda 2,5 ming gektarida olxo‘ri bog‘lari tashkil etilishi uchun;

Kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishini ta'minlash uchun;

Meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini maqsadli jalb qilish, eksport qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etish uchun;

Yong‘oq mevali bog‘lar tashkil etish, ularda pista, bodom, yong‘oq singari mahsulotlar yetishtirish va eksport qilish hajmini kengaytirish uchun;

Yaroqsiz bog‘, issiqxona va tokzorlar joylashgan yerlarda yangidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish, keyinchalik bir hududda ijaraga olingan ekin maydonlari negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlarini tashkil etish uchun;

Qarorda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini o‘z vaqtida va manzilli taqdim etishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun;

To‘qsonbosti usulida yetishtiriladigan va ertangi ekinlarning o‘z vaqtida ekilishi, ularda belgilangan turdagi va hajmdagi mahsulotlarning to‘liq yetishtirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘luvchi mas'ullar belgilandi.

Mavzuga oid