Toshkent shahridagi saylovchilar diqqatiga!
Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylovlarga juda oz fursat qoldi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar partiyaning yangi Saylovoldi dasturi asosida jamiyatdagi hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalarga e'tibor qaratishgan. Bugun Toshkent shahridan ko‘rsatilgan nomzodlarimiz va ularning fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.
Hilola TO‘LYaGANOVA, shifokor, Toshkent shahar 5-shahar tug‘ruq kompleksi Bosh shifokori, 139-Oqtepa saylov okrugidan nomzod:
– Aholi bandligini ta'minlash dolzarb muammolardan biri ekani hech birimizga sir emas. Ayni yo‘nalishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z takliflarini ilgari surmoqda. Bu o‘rinda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, partiyaga tegishli vazifalar ijrosini ta'minlaydigan demokratik ta'sir mexanizmlarini ishga solgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta'minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish ustidan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatishni maqsad qilgan.
Otabek GULYaMOV, huquqshunos, «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori, 140-Darxon saylov okrugidan nomzod:
– Biz har bir shaxs munosib sharoitlarda mehnat qilishining tarafdorimiz. Buning uchun tegishli qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlarni kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash va parlamentdagi fraksiyamiz orqali qonunchilik tashabbusi sifatida olib chiqishni maqsad qilganmiz. O‘ylaymanki, bu amalga oshsa, ko‘pgina yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan masalalar hal etilardi.
Nargiza XALMUXAMMeDOVA, shifokor, Mirobod tumanidagi 1-oilaviy poliklinika bosh shifokori, 141-Temir yo‘lchilar saylov okrugidan nomzod:
— Uzoq yillardan buyon tibbiyot sohasida faoliyat yuritaman. Har kuni aholi bilan muloqotga kirishaman. Shu boisdan ular nimani istayotganini yaxshi bilaman. Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida ularning istaklari aks etganidan esa juda mamnunman. Albatta, o‘z Saylovoldi dasturimda ham mazkur masalaga alohida e'tibor qaratganman. Xususan, mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalaridan qat'iy nazar, barcha tibbiyot muassasalarida bepul ko‘rsatiladigan majburiy tibbiy xizmatlar ro‘yxatini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman. Deputatlikka saylansam, tegishli majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini qonunchilikda mustahkamlashga intilaman.
Sotiboldi BABAKULOV, huquqshunos, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari direktori, 142-Qoraqamish saylov okrugidan nomzod:
– Kommunal xizmatlar sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, yechimini kutayotgan masalalar ham oz emas. Buni davra suhbatlari, keng jamoatchilik vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv va ochiq muloqotlarda odamlar ochiq aytyapti. Uyma-uy yurganimizda bunga o‘zimiz ham amin bo‘lyapmiz. Ayniqsa, kommunal to‘lovlarda ayni bir me'yor belgilanmagani, buning oqibatida iste'molchilar turli miqdorda to‘lov to‘layotganidan aholi norozi bo‘lmoqda. Avvalo, kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘qotishlarini qoplash maqsadida, narx-navo va ta'riflar oshirilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma'lumotlar ochiqligini ta'minlash lozim. Shuningdek, kommunal xizmatlar ta'riflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ham yaxshi samara beradi.
Xurshid QURBONOV, huquqshunos, Toshkent shahar adliya boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i, 143-Sanoat saylov okrugidan nomzod:
– Aholining muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish majburiyligini qonunchilikda mustahkamlash lozim. Bu uslub yaxshi samara beradi va o‘zini oqlaydi, deb hisoblayman. Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi negizida «elektron hukumat» tizimi asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qonun loyihalari va turli me'yoriy-huquqiy hujjatlar matnlari, ayniqsa, xalq deputatlari Kengashlari, davlat ijro hokimiyati idoralarining me'yoriy-huquqiy hujjatlari matnlari bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish zarur.
Feruza MADRAXIMOVA, jurnalist, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi, 144-Do‘mbirobod saylov okrugidan nomzod:
– Bugun ta'limga qanchalik kuchli e'tibor qaratsak, albatta, bu kelajakda o‘zining natijasini beradi. Aholining kam ta'minlangan qatlami uchun oliy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy maqbulligini oshirish lozim. Buning uchun to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta'lim kreditlarini ajratish zarur. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta'lim muassasalarida o‘qishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish kerak. Deputatlikka saylansam, yuqoridagilarni amalga oshirishga bor kuchim bilan harakat qilaman.
Ilxom Siradjyev, iqtisodchi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig‘i, 145-Bodomzor saylov okrugidan nomzod:
– Maktabgacha ta'lim muassasalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Bepul va imtiyozli to‘lovlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va kelgusida 3-6 yoshdagi bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish zarur, degan fikrdaman. Bu ta'lim sifatini oshirishda, bolaning jamoa oldida o‘zini tutishi hamda tezda muloqotga kirishishida alohida ahamiyatga ega.
Dilfuza ISLAMOVA, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 146-Astrobod saylov okrugidan nomzod:
– Bola oilasining bag‘rida o‘zini erkin his etadi. Ota-onasining mehrini tuyib, bobo-buvilarining quchog‘ida yayrashni istaydi. Biroq, bir oilada ham ota, ham ona ishlashiga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘ladi. Bu holat asosan yosh oilalarda ko‘zga tashlanadi. Ona ishlayman desa, bolasiga qarovchi yo‘q. Ishlamay desa, sharoit shuni talab qilmoqda. O‘ylaymanki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ilgari surayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida 3 yoshdan kichik bolalar uchun maxsus tarbiya guruhlarini tashkil etish orqali yosh onalarimizning og‘iri yengil bo‘ladi.
Gulshan ASATOVA, pedagog, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi sektor mudiri, 147-To‘qimachilik saylov okrugidan nomzod:
— Tibbiy-aksiyalar o‘tkazish jarayonida, uyma-uy yurib aholi orasiga kirib borganimizda, opa-singillarimizning fikr-mulohazalari, dard-u tashvishlarini eshitganmiz, bevosita guvoh bo‘lganmiz. Men bugun o‘z saylovoldi dasturimda ana shu muammolar yechimi bo‘yicha takliflarni ilgari surmoqdaman. Masalan, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Buning uchun, eng avvalo, deputatlik hamda jamoatchilik nazorati tarzida «mardikor bozorlari»ni chuqur o‘rganib chiqish hamda bir martalik ish bilan ta'minlashga oid huquqiy-me'yoriy hujjatlar nega ish bermayotganining sabablarini aniqlash zarur. Shuningdek, bandlik va ishsizlikka qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga amalga oshirishga doir ilg‘or xorijiy tajribani ham o‘rganish va maqbullarini amaliyotga joriy etish kerak bo‘ladi.
Iroda ABDULLAYeVA, biolog, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shayxontohur tumani raisi, 148-Ko‘kcha saylov okrugidan nomzod:
— Bugungi kunda Shayxontohur tumanida istiqomat qilayotgan 340 ming nafardan ziyod aholiga 9 ta oilaviy poliklinika, 1ta tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-shahar klinik shifoxonasi, shahar perenatal markazi, 1 ta bolalar klinik shifoxonasi, shahar OITSga qarshi kurashish markazi, 1 ta bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 1 ta bolalar stomatologiya poliklinikasi, tez tibbiy klinika shifoxonasi xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta'minlash lozim, deb hisoblayman. Shuningdek, o‘z saylovoldi dasturimda barcha tibbiyot muassasalarida kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlardan foydalangan holda har yili bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taklifini ilgari suryapman.
Alisher RAVShANOV, jurnalist, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, 149-Qo‘yliq saylov okrugidan nomzod:
— Hech birimiz nogironlikdan kafolatlanmaganmiz. Bu barchamizni sergaklantirishi lozim. Yonimizdagi odamlarga befarq bo‘lmaslikka undashi darkor. Parlamentdagi fraksiya orqali BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasini ratifikatsiya qilish tashabbusini o‘rnatilgan tartibda ilgari surishni ko‘zlaganman. O‘ylaymanki, bu orqali mamlakatimizdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘ylantirayotgan ko‘plab masalalarga yechim topamiz.
Baxtiyor ABDULLAYeV, Filolog, iqtisodchi, O‘zbekiston Xalq demokratik pariyasi Markaziy Kengashi tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:
— Saylovoldi dasturimda aholiga manzur keladigan, ularning manfaatlaridan kelib chiqib qator masalalar kiritilgan. Masalan, markazlashgan isitish va issiq suv ta'minotini, maishiy chiqindilarni olib ketish va utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni tabiiy monopoliyasi bo‘yicha qonunchilik me'yorlarini ko‘rib chiqishni taklif etayapmiz.
Uy-joy fondini - kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar hisobidan zamonaviy elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va issiq suv hisoblash asboblari bilan to‘liq ta'minlash taklifini ilgari surmoqdaman. Shu bilan birga kommunal xizmatlar uchun barcha o‘lchov asboblarini yetkazib beruvchi tashkilotlar balansiga o‘tkazish hamda ularning zimmasiga asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va muntazam tekshirish vazifasini yuklash kerak, deb hisoblayman.
Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!
O‘zXDP Toshkent shahar kengashi
Axborot xizmati
Mavzuga oid
13:38 / 06.09.2021
Maqsuda Vorisova Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
16:00 / 04.09.2021
Talaba o‘qisinmi yoki ijaraga pul topsinmi?!
18:12 / 02.09.2021
Maqsuda Vorisova mandat kechikayotgani haqida: Davlat test markazi izoh berishi shart!
14:00 / 05.07.2021