Vazirlar Mahkamasi 11.12.2019 yildagi “Suv iste'molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 982-son qarorni qabul qildi.

Norma’ning yozishicha, suv iste'molchilari uyushmalari ishida tizimli kamchiliklar mavjud, bu suvdan foydalanish sohasida qoniqarsiz ahvolga olib keldi, deb ta'kidlanadi hujjatda. Vaziyatni o‘nglash uchun mavjudlari negizida har bir tuman va Quvasoy shahrida bittadan suv iste'molchilari uyushmasi tashkil etiladi.
 
Quyidagilar yangi suv iste'molchilari uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

• fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari, klaster tashkilotlari va boshqa suv iste'molchilari (keyingi o‘rinlarda suv iste'molchilari deb ataladi) o‘rtasida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish hamda suv iste'moli bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish;
• suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda suv iste'molchilarining suv iste'moli rejalari va suv olish limitlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash, ajratilgan limit doirasida suv yetkazib berish, uning hisob-kitobini va tizimli monitoringini olib borish;
• suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan birgalikda uyushma va uning gidrouchastkalarini malakali kadrlar bilan butlash hamda ularning faoliyatini samarali tashkil qilish;
• mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda o‘z hisobidagi sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni ta'mirlash va tiklash, suv iste'molchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ularning ichki sug‘orish tarmoqlarini ta'mirlash va tiklash ishlarini tashkil qilish;
• suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan birgalikda sug‘orish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va qurish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
• o‘z hisobidagi suv xo‘jaligi obektlaridan maqsadli foydalanish, ularni texnik soz holda saqlash;
• suv xo‘jaligi tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda suvni boshqarishda innovatsion usullarni joriy etish, suv iste'molchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalar joriy qilinishini tashkil qilish.