Un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishga zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hamda iste'molchilarga sifatli mahsulotlarni yetkazib berish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti “2020-2022 yillarda g‘alla yetishtirish va g‘alla navlari seleksiyasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqadi.

Bunda, sug‘oriladigan va lalmi yerlarda g‘alla yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, agrotexnik tadbirlarga rioya qilish orqali don hosildorligini oshirish, “urug‘lik – don – un – non va non mahsulotlari” to‘liq zanjiri bo‘yicha ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yuqori sifatli g‘alla navlarini seleksiya qilish va rayonlashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida tashkil etilgan non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridagi don korxonalari aktivlari va ulushlarini investorlarga sotish yuzasidan taklifiga rozilik beriladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari qarorlari asosida non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridagi don korxonalari aktivlarni va ulushlarini investorlarga sotish ishlarini tashkil qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda 2020-2021 yillarda energiya tejamkor texnologiyalar asosida savdo maydoni mavjud non va non mahsulotlari ishlab chiqarish kichik korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta'minlaydi. 

Bunda:

non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarni tashkil etishda savdo maydonlari bo‘lishi sharti bilan yer maydonlari ajratish va zarur muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l va transport infratuzilmalariga ulanishni ta'minlaydi;

korxonalarni aholi ko‘p istiqomat qiladigan hududlarda joylashtirish, aholining kunlik ehtiyojini to‘liq qondirishga qaratilgan ish vaqti asosida, korxonaning o‘zida yoki unga yaqin manzilda non va non mahsulotlari chakana savdosini tashkil etishga alohida e'tibor qaratiladi;