Qirğiziston un hamda buğdoy eksportiga taqiq qöydi. Mamlakat Qişloq xöjaligi vazirligiga köra, bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Qirğiziston respublikasidan ayrim turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini vaqtinça taqiqlaş töğrisida»gi qarorida belgilandi.
Taqiq un (buğdoy uni) hamda ğallaga taalluqli bölib, u 6 oy davomida amalda böladi.
Ta’kidlanişiça, qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlaştiriş uçun qabul qilingan.
Qaror 22 sentabr kuni qabul qilingan va oradan 3 kun ötib — bugundan kuçga kirgan.











