2019 yilda jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 36 845 nafar şaxsga nisbatan 28 846 ta iş körib çiqildi. Mazkur körsatkiçlar 2018 yilga nisbatan şaxslar böyiça 24,2 foizga, işlar böyiça esa 24,4 foizga kamaygan. Bu haqda Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.
859 nafar şaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan şaxslar soni 27 603 nafarni taşkil etib, şundan 6 957 nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş va 19 278 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 368 nafar şaxs şartli hukm qilindi. Sudlangan şaxslarning 24 491 nafari erkaklar, 3 112 nafari ayollar, 10 700 nafari yoşlar (şu jumladan 497 nafari voyaga yetmaganlar) va 873 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar.
Şuningdek, 3 080 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlanişi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 26 436 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 8 028 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almaştirildi va 6 665 nafar şaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravişda qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlandi yoki qayta malakalandi.
270 nafar şaxsga Yoşlar ittifoqi, 210 nafar ayolga Xotin-qizlar qömitasi va 1 373 nafar şaxsga mahalla fuqarolar yiğinlarining kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.
2018 yilga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, transport vositasini olib qoçiş, qasddan odam öldiriş, bosqinçilik, talonçilik, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, öğrilik, qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş, bezorilik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş, qasddan badanga oğir va örtaça oğir şikast yetkaziş, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş, fohişaxona saqlaş yoki qöşmaçilik qiliş, odam savdosi, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş kabi jinoyatlar uçun sudlanganlik körsatkiçlari kamaydi.
Hisobot davrida yaraşuv institutining samarali qöllanilişi natijasida 7 329 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Yetkazilgan 443,9 mlrd. sömdan ziyod moddiy zararning örnini qoplagan 3 187 nafar şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan.












