Ikkinçi öqişga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi hamda Budjet kodekslariga Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining iqtisodiy jinoyatlarni tergov qiliş, davlat moliyaviy nazoratini amalga oşiriş sohasidagi vakolatlari aniqlaştirilişini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Yiğilişda qonun loyihasi atrofliça körib çiqilib, deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar çuqur tahlil qilindi. Ular asosida loyihadagi normalar maromiga yetkazildi.
Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi jinoyatlarni tergov qiliş va budjet qonunçiligi sohasida davlat organlarining vakolatlarini qonun hujjati bilan mustahkamlaşga, qonun normalarini aniq va bir xilda qöllanilişiga hamda sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlaşga xizmat qiladi.
















