Buyuk Britaniyada naşr etiladigan The Telegraph gazetasi sarguzaşt istovçi sayyohlarga boriş tavsiya etiladigan 50ta turistik yönaliş röyxatini tuzib çiqdi. Röyxatning birinçi poğonasidan Özbekiston joy olgan.

Naşr mutaxassislari Özbekistonga Navröz bayrami kunlari kelişni maslahat bergan.

«Özbekiston jadal taraqqiyot davrini boşdan keçiryapti. Joanna Lamlining mualliflik dasturi va yaqinda viza talablarining soddalaştirilgani hisobiga mamlakatga taşrif buyuruvçilar soni keskin oşib ketdi. Şu boisdan ham Lamlining televizion sayohat dasturi – «Ipak yöli sarguzaştlari» ekspertlari Navröz bayramidagi Özbekistonni ilk marta körsatib berdilar. Bu bahoriy festival turistlarga özbeklar hayoti haqida çuqur tasavvur beradi.

Navröz turnesi Xiva, Buxoro va Samaqand kabi hayratomuz joylarni öz içiga oladi. Sayohat davomida şu yerlik oilalar bilan tuşlik qiliş, elit toifa restoranlarda ovqat tanovul qiliş, an'anaviy yoğoç öymakorligi va kulolçilik ustalari hamda zamonaviy dizaynerlar işini kuzatiş, söyilgan eçki bilan ot ustida öynaladigan şiddatli öyin – köpkarini tomoşa qiliş ham mumkin», – deyiladi maqolada.

Qöşimça qilinişiça, «Ipak yöli sarguzaştlari» loyihasi doirasida Navröz kunlari Özbekistonga 11 kunlik safar narxi 3550 funtdan boşlanadi. Bu narx içiga turar joy, ovqatlaniş va transport xarajatlari kiritilgan bölib, Özbekistonga kelib-ketiş uçun aviaçiptalar alohida sotib olinadi.

The Telegraph`ning 50talik töliq röyxati quyidagiça.

1. Özbekistonda Navröz
2. Keniya savannalari
3. Butandagi Oltita hissiyot deb atalmiş yangiça «kulbalar»
4. Nikaraguaning mahalliy aholisi bilan tanişiş
5. Pokistondagi Hindukuş toğlari
6. Rossiyaning Murmansk oblastida yaşovçi sami xalqi bilan tanişuv
7. Argentina va Çilida Janubiy Amerika tarixiga sayohat