2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln söm asosiy kapitalga investitsiyalar özlaştirilib, ularning 70,7 foizi yoki 134,3 trln söm jalb etilgan mablağlar hisobidan moliyalaştirilgan bölsa, korxona, taşkilot va aholining öz mablağlari hisobidan 29,3 foiz yoki 55,5 trln söm moliyalaştirildi.
Davstatqöm xabariga köra, Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yilida amalga oşirilgan islohotlar natijasida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oşib, ötgan yilga nisbatan 33,9 foizni taşkil etdi.
Investitsiyalarni moliyalaştiriş manbalari böyiça, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida markazlaşgan moliyalaştiriş manbalari hisobidan moliyalaştirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning uluşi ötgan yilning mos davridagi uluşiga nisbatan 3,1 foiz punktga kamayib, 26,6 foizni yoki 50,6 trln sömni taşkil etdi.
Mos ravişda markazlaşmagan moliyalaştiriş manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning uluşi 3,1 foiz punktga köpayib, 73,4 foizni yoki 139,2 trln sömni taşkil etdi.
Korxona va taşkilotlarning öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar uluşi salmoqli böldi – 39,2 trln söm yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 20,7 foiz. Aholi mablağlari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,6 foizi yoki 16,3 trln söm özlaştirildi.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida özlaştirilgan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmi jadal ösib, 37,1 trln sömni taşkil etdi va 2018 yilning mos davridagi jami asosiy kapitaldagi uluşiga nisbatan 12,2 foiz punktiga köpayib, 19,6 foizni taşkil etdi.
Şuningdek, tijorat banklar kreditlari va boşqa qarz mablağlari hisobidan 24,8 trln söm (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,1 foizini taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 4,7 foiz punktga kamaydi), Özbekiston kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 27,8 trln söm (14,7 foiz va 0,9 foiz punktiga köpayiş), kafolatlanmagan va boşqa xorijiy investitsiya va kreditlar 21,6 trln söm (11,4 foiz va 8,3 foiz punktga köpayiş), Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi 6,5 (3,4 foiz va 3,0 foiz punktga kamayiş), respublika budjeti 14,5 trln söm (7,6 foiz va 1,1 foiz punktiga kamayiş), Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş jamğarmasi 1,7 trln söm (0,9 foiz va 0,3 foiz punktga köpayiş) va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan esa 31,3 mlrd. söm asosiy kapitalga investitsiyalar özlaştirildi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar ösiş sur'atlarini moliyalaştiriş manbalari böyiça eng yuqori körsatkiç kafolatlanmagan hamda boşqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatildi – ötgan yilga nisbatan 4,1 marta ösiş. Şuningdek, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalaştirilgan investitsiyalarda ham yuqori ösiş sur'atlari – 3,6 martaga ösiş kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelişuvi şartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilişi bilan «Mustaqillikning 25 yilligi» konlarida qidiruv işlarini yakunlaş va işlar olib boriş, Özbekiston investitsiya bloklarida (Kultak-Qamaşi, Muborak, Surxon, Aşibuloq va Koskud, ğarbiy Farğona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga işlov beriş va geologik qidiruv işlarini amalga oşiriş, hududlarda sement işlab çiqarişini taşkil etiş, töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqarişni taşkil etiş kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal olib borilayotgani bilan boğliq.












