Islohotlardan biri sifatida propiska tizimiga özgartiriş kiritilişi davlat rahbari tomonidan ta'kidlab ötildi. Respublika Parlamenti va Hukumatiga, 2020 yil 1 apreliga qadar propiska tizimini isloh qiliş böyiça xalqaro tajribani örganib, aniq takliflar işlab çiqilişi belgilab berildi. Insonlarni qiynab kelayotgan propiska tizimiga özgartiriş kiritilar ekan, bu kabi tizim qayerda, qanday qilib, kimlar uçun, qaysi huquqiy asoslarga köra vujudga kelganiga töxtalib ötamiz.
Propiska tizimining tarixi, uning vujudga kelişi sobiq SSSR davriga borib taqaladi. Sovetlar hukumati tuzilgan vaqtda aholi mamlakat böylab bir joydan ikkinçi joyga köçib yurişiga heç qanday tösqinlik joriy qilinmagan edi. Aholini mehnat daftarçasi, harbiy bileti bölişi, ularning şaxsini tasdiqlab, işga joylaşişlariga asos bölgan. Lekin, fuqarolar uruşidan keyin bu tizimlar bekor qilinib, 1923 yildagi Xalq komissarlari kengaşi (SNK) Rossiya sovet sotsialistik federativ respublikasining (RSFSR) dekreti asosida, fuqarolar bir joydan ikkinçi joyga erkin köçib yurişini belgilovçi propiska tizimi asta-sekin vujudga kela boşlaydi.
1932 yil 27 dekabr kuni «Butun SSSR hududida böylab yagona pasport va majburiy propiska tizimini joriy qiliş böyiça» Butunrossiya markaziy ijro qömitasi (VsIK) va Xalq komissarlari kengaşi (SNK) qarori huquqiy asos vositasini ötab, Butun SSSR hududida propiska tizimi vujudga kelişiga olib keladi. Şundan keyin SSSR hududi böylab, içki işlar böyiça xalq komissariati (NKVD) qoşida taşkil etilgan Pasport Viza Xizmatiga (PVS) yagona pasport, propiska tizimini amalga oşirişi vazifasi yuklanadi.
Uşbu yillar davomida propiska tizimi joriy etilişining asosiy sabablari sifatida, öşa vaqtdagi SSSR böylab kolxozlaştiriş, industriyalaştiriş siyosatini olib borilişi, hududlardagi işçi kuçini boşqariş va aholini ommaviy tarzda şaharlarga köçib borişining oldini oliş orqali öşa hududdagi işçi kuçi yetişmasligini bartaraf etişdan iborat edi. Uşbu vaziyatda dehqonlarga nisbatan alohida tartib joriy etilib, ular bir joydan ikkinçi joyga köçişdan oldin özlari biriktirilgan kolxozlardan maxsus ruxsatnoma olişlari talab etilar edi. Çunki, dehqonlar kolxozlarga birlaşgan holda faoliyat yuritib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirişda asosiy örin egallar edi. Ularning tegişli tartibda ruxsat olmasdan öz hududidan çiqişi jinoiy javobgarlikka tortilişiga olib kelgan.
Şuningdek, yuqoridagi huquqiy hujjatlar asosida SSSRning Moskva va Leningrad kabi yirik şaharlariga qişloqlardan odamlar oqib kelişi, propiska qilinişiga çeklovlar örnatilişi va unga ruxsat faqat maxsus taşkil etilgan komissiyalar tomonidan berilişi yölga qöyiladi. Keyinçalik SSSR aholisining köpçilik qismi köçib borişi kuçaygan Kiyev, Rostov, Vladivostok va Minskda ham bu kabi çeklovlar örnatilişiga olib keladi.












