Toshkent shahridagi 65 foiz lift uskunalari belgilangan ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan
2021-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta'mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi
Prezidentning “2021-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta'mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Bildirilishicha, respublikada umumiy 2 483 ta yuqori qavatli uylarda 5922 ta lift uskunalari mavjud bo‘lib, shulardan 5000 dan ziyod (85 foiz) liftlar Toshkent shahrida o‘rnatilgan.
Moliyaviy mablag‘larning cheklanganligi tufayli o‘z vaqtida lift uskunalariga davriy texnik xizmat ko‘rsatilmasligi hamda rejali ta'mirlash ishlari o‘z vaqtida olib borilmasligi oqibatida liftlarning asosiy texnik qismlarning yemirilganligi, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, aksariyat xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganligi, yagona dispetcherlik xizmati tashkil etilmaganligi kabi kamchiliklar yuqori qavatli uylarda o‘rnatilgan liftlardan foydalanish yetarli darajadagi xavfsizlik talablariga javob bermasligi oqibatida avariya va baxsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda.
2019 yilda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarining nosozligi yuzasidan 716 dan ortiq fuqarolar murojaatlari kelib tushgan. Xususan, Toshkent shahridagi 3270 ta (65 foiz) lift uskunalari belgilangan 25 yil ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ularni yangilash, qolgan hududlarda 412 ta lift uskunalarini kapital ta'mirlash yoki yangilash talab etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini kapital ta'mirlash, yangilash va ularni ekspluatatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholini qulay va xavfsiz yashashini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalaridan foydalanish ishlarini va unga xizmat ko‘rsatish bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalariga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta o‘qitish.
Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2021 – 2027 yillarda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta'mirlash va yangilash hamda undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan Dasturning belgilangan muddatlarda qat'iy bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Moliya vazirligi:
moliyalashtirish manbaalariga aniqlik kiritgan holda 2020 yil respublika hududlaridagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta'mirlash va yangilash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi moliyalashtirilishini;
2021-2027 yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida Dastur ijrosi uchun talab etiladigan mablag‘lar moliyalashtirilishini ta'minlaydi.
Dasturni amalga oshirish doirasida belgilab qo‘yiladi:
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta'minoti obektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK – buyurtmachi hisoblanadi;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK – loyiha tashkiloti hisoblanadi;
lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar – liftlar, tarkibiy mahsulotlar, ehtiyot qismlar va materiallar yetkazib beruvchisi;
liftlarni montaj qilish, yig‘ish va ta'mirlashga ixtisoslashgan tashkilotlar – tanlov asosida pudratchi;
“Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta'minoti obektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi pudratchi tomonidan amalga oshirilgan liftlarni almashtirish ishlarini qabul qilish uchun javobgardir.
Mavzuga oid
19:26 / 03.07.2024
Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan - Raqobat qo‘mitasi
14:53 / 15.06.2024
Senat aralashuvi bilan bojxonada qolib ketgan liftlar chiqarildi, lekin muammo hal bo‘lmadi
20:50 / 26.04.2024
“Sallasi desa kallasi” – davlat organidagi taftish sabab lift importi to‘xtatib qo‘yildi
20:05 / 16.04.2024