2019 yili Özbekistonning turli hududlarida iş vaqtida sodir bölgan turli xil baxsiz hodisalar oqibatida 199 kişi hayotdan köz yumgan. Jami 574ta baxsiz hodisada 440 kişi oğir va 10 nafari yengil tan jarohati olgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinsa, 2019 yili bunday fojialarda halok bölganlar soni 2018 yilga nisbatan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 4 nafarga, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 5, Navoiy viloyatida 6 hamda Toşkent şahrida 15 nafarga ortgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov «Xavfsiz mehnat – har bir insonning huquqi» körgazma-seminarida ma'lum qildi.

Nozim Husanov

Vazirning sözlariga köra, umuman, Xalqaro Mehnat taşkilotining ma'lumotlariga köra, har yili iş vaqtida röy beradigan baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan 2,3 mln kişi halok bölmoqda, bu kuniga örtaça 6000 kişiga töğri kelişini anglatadi. Butun dunyo böyiça yiliga taxminan 340 mln marta işlab çiqariş bilan boğliq baxsiz hodisa hamda 160 mln kasb kasalliklari qayd etilmoqda.

Işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan kelib çiqadigan iqtisodiy yöqotişlar global miqyosda jahon YaIMning 4-6 foizini taşkil etyapti. Bu iqtisodiy rivojlaniş uçun körsatiladigan rasmiy yordamdan 20 baravar köp deganidir.

Vazir öz ma'ruzasida statistik ma'lumotlarni ham keltirib ötdi. Unga köra, 2017-2019 yillar mobaynida Özbekiston işlab çiqariş maydonlarida röy bergan baxsiz hodisalarda jami 543 işçi-xizmatçi halok bölgan, 1214 kişi oğir tan jarohati olgan.

Nozim Husanovning qayd etişiça, tahlillar işlab çiqariş bilan boğliq baxsiz hodisalar soni köpayib borayotganini körsatmoqda. 2019 yilda 2017 yilga nisbatan sodir bölgan baxsiz hodisalar soni örta hisobda 21 foizga ortgan. Bundan taşqari, vazirlik rahbari işlab çiqariş bilan boğliq fojialarning asosiy sabablarini ham oçiqladi.

·       xavfsiz mehnat usullariga öqitilib, yöl-yöriqdan ötkazilmagan şaxslarni işga qöyilganligi, yöriqnomalarga rioya etmaslik, nazorat yöqligi, xodimlarni majburiy tibbiy körikdan ötkazmaslik va sanitariya-maişiy şaroitlar yaratilmaganlik holatlari mavjudligi

·       quriliş sohasida iş hajmining oşişi bilan bir vaqtda texnologik jarayonning murakkablaşişi, saqlovçi moslamalar va tösiqlar mavjud emasligi, şuningdek xodimlar şaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi;

·       loyiha hujjatlariga va işlab çiqariş texnologik talablariga amal qilmaslik, xodimlarning mehnati notöğri taşkil qilinganligi;