Çorvoq suv omborida sodir bölgan baxtsiz hodisa – skuterning katamaranga urilişi oqibatida ikki kişining halok bölgani yuzasidan skuterni boşqargan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, hodisa 2024 yil 20 iyul kuni sodir bölgan. Skuterni Zangiota tumani yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan F.Q. boşqargan. Unga nisbatan 22 iyul kuni qamoqqa oliş tartibidagi ehtiyot çorasi qöllangan. 

F.Q. 20 iyul kuni soat 13:30 larda fuqaro N.S.ga tegişli Үamaxa gidrosiklini Çorboğ suv omborida tegişli hujjatlarsiz boşqargan. U suv omborining “Burçmullo” dam oliş plyaji qismida gidrosiklni ruxsat etilgan 10 km/soat tezlikdan oşirib, 40 km/soat tezlikda harakatlantirgan. Ehtiyotsizlik ortidan fuqarolar I.O. va A.A. boşqarib ketayotgan katamaran yonida yönalişni keskin özgartirgan hamda katamaranning bort qismiga osilib çömilayotgan A.S., A.J. va U.Z.ni urib yuborgan.

Sodir etilgan daryo-transport hodisasi oqibatida A.S. va A.J. voqea joyida halok bölgan. U.Z. esa yengil tan jarohati olib, Böstonliq tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

F.Q. sudda aybiga töliq iqror bölib, baxtsiz hodisa ehtiyotsizligi oqibatida sodir bölganini bildirgan hamda marhumlarning yaqinlaridan keçirim söragan.

Sud F.Q.ni Jinoyat kodeksining 260-moddasi (temiryöl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Kun.uz avvalroq Çorvoq suv omborida katamaranga gidrosikl kelib urilişi oqibatida 2 kişi halok bölgani haqida xabar berib, 2020 yilda hukumat bu suv havzasida barça turdagi motorli qayiqlardan foydalanişni taqiqlaganiga e’tibor qaratgandi. Uşbu taqiqni binosi şundoqqina Çorvoq suv omborining yonida joylaşgan Toşkent tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi ham negadir nazorat qilmagan.

Sentyabr oyiga kelib Vazirlar Mahkamasining “Suv havzalarida motorli (içki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalaniş tartibini yanada takomillaştiriş hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori