Kun.uz muxbiri ilm-fan suhbatlari rukni doirasida Uluğbek Karimov bilan suhbatda bölib, Özbekiston ilm-fanining buguniga oid qator savollarga javob oldi.

«Dastlab, maktab davrida botanika faniga qiziqqan bölsam, keyinçalik ijtimoiy fanlarga ham köproq e'tibor qaratganman, biroq baribir oxirida tabiiy fanlar yönalişi böyiça oliy ta'lim diplomiga ega böldim.

Magistraturaga esa imtiyozli ravişda qabul qilinganman. Keyinçalik Xitoy Fanlar akademiyasi universitetida doktoranturani tamomladim. Şu tariqa hayotim ilm bilan bevosita boğlangan», – deydi olim.

«Boşqaruvdagi faoliyatimdan maqsad – hujjat işlarini kamaytiriş»

– 2014 yil Xitoyda ta'limni tugatib qaytganimdan söng diplomni nostrifikatsiya qiliş muammosiga duç keldim. Bu men uçun katta muammo böldi. Sababi – şunça payt öqib-örganib kelib, hujjatimni tasdiqlatişga qiynalganman.

Öşa paytda taşkiliy böğinda qilinişi kerak bölgan qança işlar borligini his qilganman. Şuning uçun ayni şu böğinda hujjatlar bilan boğliq işlarni ozgina bölsa-da, kamaytiriş uçun harakat qilişni maqsad qilganman.

Aslini olganda, ilmiy-tadqiqot muassasalarimizda fan doktori, professor unvoniga munosib juda köp olimlarimiz bor. Faqat ular hujjat bilan boğliq işlarni bajarişga qiynalişadi.

Lekin, aksinça, olimga imkon qadar erkinlik berilişi kerak. Şunday qilinsa, uning qöyilgan maqsadga erişişi osonlaşadi.

«Bilim darajasi uçun yoşlarni ayblamaslik kerak»

– Bugun köpçilik endi fanga kirib kelayotgan yoşlar salohiyatidan noliydi. Vaholanki, ta'lim ma'lum muddat öz holiga taşlab qöyilgan: talabaning reyting daftarçasiga «3» yoki «4» qöyilgan va uning ilmiy salohiyati haqida unçalik öylanmagan.

Biroq hozir ta'limga ham e'tibor yaxşilanib boryapti. Fan uçun kerak bölgan va vaqt taqozosi bilan vujudga kelgan yangi fanlar Özbekistonga ham kirib kelyapti. Bular öz natijasini beradi, deb umid qilamiz.

Şaroit bölmagan va amaliyotda işlab körmagan yoşlar fan haqida, jarayon haqida mavhum tarzda bölsa ham biladi. Biroq amaliyotda qöllaşga kelganda dovdirab qolişi mumkin. Va oxirida esa öntadan bittasigina eplab keta oladi.