Bill Geyts / AFP

Uzoq vaqt dunyoning eng boy odami bölib kelgan Bill Geyts vaksina işlab çiqiş uçun 100 million dollar ajratişini ma'lum qilgandi. Microsoft asosçisining taxminiça, vaksina işlab çiqiş uçun kamida 1,5 yil vaqt ketadi. Bu haqda milliarder VVS naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.

Geytsning sözlariga köra, bugungi «hammasi odatdagidek» bölmagan davrda jarayon köp vaqt talab qiladi: «Bizda sinab köriş uçun odatdagidan kamroq imkon böladi. Bundan taşqari, davlatlar vaksina işlab çiqaradigan korxonalarni barça işlardan ozod qilib ularga «hamma işni yiğiştiring va vaksinani yarating» deb ayta oladimi? Bu ham hal qiliş kerak bölgan masala».

Olimlar koronavirus vaksinasi yaratişni allaqaçon boşlab yuborgan va hozirgaça bir neçta vositani hayvonlarda sinab körişdi ham. Agar vaksina hayvonlarda samara bersa, ikkinçi bosqiçda uni insonlarda sinab köriş boşlanadi. Bu ham kamida yil oxirigaça çözilişi aytilmoqda. Dunyo böylab koronavirusning bir neça turi tarqalgani olimlar işini murakkablaştiryapti.

Koronavirusga qarşi kuraşda faollardan bölgan britaniyalik olim Jyeremi Farrerning aytişiça, ba'zi koronavirusdan tuzalgan odamlarda virus ikkinçi marta aniqlangani vaziyatni yanada oğirlaştiradi. Masalan, Janubiy Koreyada 100ga yaqin odam koronavirusni ikkinçi marta yuqtirib oldi. Bu virus qonda tirik qolganini bildiradimi yoki ular virusni qayta yuqtirganmi – aniq emas. Bu ham vaksina yaratişda muammo tuğdirişi aniq.

Vaksina yaratiş ustida butun dunyo olimlari izlanişmoqda / REUTERS

Ayni damda 98 milliard dollar kapital bilan dunyo boylari reytingida ikkinçi bölib turgan Bill Geytsning fikriça, pandemiya vaqtida faqat vaksina odamlarni odatiy hayot tarziga qaytara oladi. Global pandemiya xavfidan ança avval ogohlantirgan Microsoft asosçisi vaksina yaratiş uçun yetarli pul ajratilmayotganini aytmoqda. U ajoyib öxşatişni keltirdi: koronavirusga qarşi kuraşni allaqaçon jangga qiyoslab bölişdi, ammo himoyalaniş uçun yetarli pul ajratilmayapti.

«Men va tibbiyot sohasidagi olimlar pandemiyaning xavfi haqida köp gapirdik. 2015 yilda Angliyadagi çiqişimda bunday körinişdagi xavf haqida gapirgandim. Vaqti kelib orqaga qaraganda, xato qilganimizni, imkonimiz böla turib tibbiyotga yetarliça pul ajratmaganimizni öylab, afsuslanişimiz mumkin.

Menimça, biz hali pandemiya xavfidan töliq ogoh emasmiz va bu borada yetarliça pul ajratmayapmiz. Ha, biz vaksina yaratiş böyiça öziga xos koalitsiya taşkil qildik, lekin bu qilişimiz mumkin bölgan işning atigi 5 foizi.

Vaqt ötib bu kasallik bilan bölgan kuraş yakunlarini tahlil qilayotganimizda juda kam davlatlar «a'lo» bahoga munosib bölişadi. Çunki köpçilik bunday holatga tayyor emasligini aytib, vaziyatdan çiqib ketadi. Ha, heç kim bunaqa bölişini kutmagani, kelajakda bizni qanday xavf kutayotganini taxmin ham qilib körmagani oqibatida hozirgi özimizga noma'lum holatga tuşib qoldik», deydi Bill Geyts VVS bilan suhbatda.

Ma'lumot uçun, mart oyi örtalarida AQŞda koronavirusga qarşi vaksina ilk marta köngillilarda sinab körilgandi. Bu loyihani AQŞ milliy soğliqni saqlaş instituti moliyalaştirgan. Ekspertlarning fikriça, vaksina muvaffaqiyatli sinovdan ötgandan keyin ham hamma undan foydalana oliş bosqiçiga yetguniga qadar kamida 1,5 yil vaqt ketadi...