Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) mutaxassislari dunyodagi eng halokatli yuqumli kasallik nomini ma’lum qildi. Bu sil kasalligi bölib çiqdi, undan ölimlar soni koronavirusdan ham oşib ketgan.

Hisobot mualliflari 2023 yil uçun 193 mamlakat ma’lumotlarini tahlil qildi. Natijalar şuni körsatdiki, 1,25 million kişi sil kasalligidan, 320 ming kişi esa koronavirusdan vafot etgan.

2023 yilda 10,8 million kişi sil kasalligiga çalingan, bu bir yil avvalgidan (10,7 million) sal köpdir. Barça infeksiyalarning 56 foizi beşta mamlakatda sodir bölgan: Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Filippin va Pokiston.

Sil kasalligi Mycobacterium tuberculosis patogen bakteriyasidan kelib çiqadi. 85 foiz holatda uni davolaş mumkin. Ammo davolanişsiz infeksiyaning 50 foizigaça ölimga olib kelişi mumkin.

Mutaxassislar 2030 yilgaça sil kasalligi global epidemiyasini tugatiş uçun şoşilinç çoralar köriş kerak, deb hisoblamoqda.

Hisobotda, şuningdek, dunyoda sil kasalligidan ölimlar soni asta-sekin kamayib borayotgani qayd etilgan. Endi u pandemiyadan oldingi darajadan pastga tuşdi (2019 yilda 1,39 million ölim).

Ta’kidlanişiça, hozir silga qarşi oltita yangi vaksinaning 3-bosqiç klinik sinovlari davom etmoqda. JSST veb-saytining xabar berişiça, yangi davolaş usuli 5 yil içida joriy qilinişi mumkin.