Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambağallik, oşayotgan taşqi qarz va YeOII - deputat Nodir Jumayev bilan suhbat
|23:35 / 16.04.202030 99818 min
Özbekistonda koronavirus bilan zararlanganlar soni 1300dan oşdi. Afsuski, endilikda virus yuqtirib olganlarni aniqlaş va ularni davolaş bu – yagona muammoli masala emas. Pandemiya ortidan xuddi aysberg kabi yirik muammolarning körina boşlaganiga ança böldi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
U işlab çiqariş, xizmat körsatiş, ta'lim, turizm, xalqaro aloqalar va umuman, barça sohalarga salbiy ta'sirini ötkazmoqda.
Ammo, şubhasiz, infeksiya bir, ikki, uç oy ötsin, baribir jilovlanadi. Xöş, ana undan keyin biz birinçi navbatda qanday real xavflar bilan yuzlaşamiz?
Kun.uz muxbiri köpçilikni qiziqtirayotgan savollarga javob oliş maqsadida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev bilan suhbatlaşdi.
— Koronavirus pandemiyasi ortidan iqtisodiyotimizni nimalar kutib turibdi. Bu borada birlamçi, real xavflarni nimalarda köryapsiz?
— Bugungi global tanglik butun dunyo iqtisodiyoti kabi, Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ham yangi sinovlarni tuhfa qildi. Bu sinovlarni yengib ötiş hamjihatlikni talab qiladi. Ya'ni davlat zarur çora-tadbirlarni amalga oşirişi, fuqarolar esa örnatilgan tartib-qoidalarga qat'iy amal qilişi lozim. Bu oqibatlarni yumşatişga zamin yaratadi. Tan olaylik, hozirça tarozi pallasi teng emas.
Uzoq davom etadigan karantin çeklovlari esa, real xavflarni keltirib çiqaradi. Ya'ni importning eksportga nisbatan keskin ösişiga olib keladi. Xizmat körsatiş sohalari – aviatsiya, temir yöl, turizm, mehmonxonalar tarmoği va boşqalar faoliyati deyarli töxtab qolişi oqibatida iş örinlari qisqarişiga sabab böladi. Davlat budjeti taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oyligiga ajratiladigan xarajatlarni moliyalaştirişda muammolar tuğilişi mumkin.
Şuningdek, yuqoridagi yönalişlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar davlatning alohida kömagiga muhtoj böladi. Işlab çiqarişning deyarli töxtab qolişi talabning taklifga nisbatan yuqoriligini ta'minlaydi, bu esa narxlar muvozanatiga salbiy ta'sir ötkazadi. Iqtisodiy turğunlik holatining davomiy bölişi işsizlik darajasini oşiradi va aholining tölovga bölgan qobiliyati keskin tuşib ketişiga olib keladi. Oqibatda, davlat budjetiga tuşumlarning jumladan, soliq tölovlarining kamayişi vujudga kelib, budjetni şakllantirişga salbiy ta'sir etadi.
Bugundanoq, oldimizga qöyadigan birlamçi maqsadimiz – ilm-fan yutuqlari, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan oqilona foydalanişimiz va odilona soliq siyosatini amaliyotga joriy etişimiz kerak böladi.
Tan oliş kerakki, tadbirkorlar soliq organlariga jazolovçi organ sifatida qaraydi. Soliq idoralari tadbirkorlar bilan iş olib borişda e'tiborni norasmiy işlovçilarni heç qanday jazo mexanizmlarini qöllamasdan soliq tölovçilar safiga ötkazişga qaratişi lozim.
Mavzuga oid
Şuningdek, bugungi kunda dunyo bozoriga moslanuvçan eksport mahsulotlari işlab çiqariş maqsadga muvofiq bölib, bunda ilm-fan imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarur.
— Bir neçta deputatlar aholiga işsizlik nafaqasi tölanişi kerakligi borasida takliflar bilan çiqyapti. Siz bu masalada qanday mexanizmlarni taklif qilgan bölardingiz va umuman, hozirgi iqtisodiyotimiz bu boradagi tölovlarga qobiliyatlimi?
— Avvalo şuni aytiş kerakki, davlatimiz tomonidan ijtimoiy nafaqa oluvçilar sonini kengaytiriş va nafaqa oliş muddatini uzaytiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilib, qöşimça mablağlar yönaltirilyapti. Ammo şunday qatlam borki, ular kunlik daromad hisobiga tirikçilik qilişadi. Ular yollanib işlovçilar yoki xizmat körsatiş sohasida faoliyat körsatuvçi fuqarolar bölişi ham mumkin. Albatta, ularga ma'lum muddat ijtimoiy yordam paketlari taqdim qiliş zarur.
Bugungi şaroitda hozirça kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy yordam beriş yetarli böladi. Faqat buni töğri qabul qiliş kerak. Negaki, biz aniq bilmaymizki, pandemiya qança vaqt davom etadi. Bunday şaroitda barça resurslarni birdan işlatib qöyiş oqibatlari yaxşi natija bilan tugamaydi. Agar karantin rejimi muddati qisqa bölib çiqsa, unda ortib qolgan resurslarni tiklaşga sarf etiş imkonini beradi.
— Aholining umumiy yordamga muhtoj qatlami haqida gapirdingiz. Bunda yaqindagina umumiy soni 4-5 mln atrofida ekanligi aytilgan kambağal qatlam ham bor. Ammo hanuzgaça bu qatlamga kimlar kirişi va uni aniqlaşdagi jihatlar işlab çiqilmagan. Nazarimda, bu borada faqat joylardagi MFY röyxatlariga asoslaniladi.
Parlament bu borada biror rejaga egami?
— Umuman olganda, bu masala murakkablik kasb etib, iqtisodçi olimlar, ekspertlar, ijro etuvçi hokimiyat va keng jamoatçilik vakillari iştirokida muhokama qilinib, uning huquqiy asoslari yaratilişi kerak. Unda kambağal qatlam tarkibi, ularni qanday hollarda bu tarkibga kiritiş, yaşaş minimumi, iste'mol savatçasi miqdori va boşqa şu kabi masalalarga aniqlik kiritiş talab etiladi.
Tadqiqotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda 46 turdagi mahsulot va birlamçi xizmatlar (sartaroşxona xizmati, poyabzal ta'mirlaş ustaxonasi xizmati, ayrim kommunal tölovlar) kiritilgan iste'mol savatçasi 650 ming söm, hayot keçirişning eng quyi darajasi 810 ming söm atrofida hisoblab çiqilgan.
Umuman olganda, iste'mol savatçasi yoş, jins, mavsumiylik, hududiylik nuqtayi nazaridan farqlanişi mumkin.
Yana bir fikr – fuqarolarning daromadlari töğrisidagi deklaratsiya joriy etilmas ekan, yaxlit bir tizimni yaratiş qiyin masala hisoblanadi.
MFY faoliyati bevosita fuqarolarga yaqin bölgani uçun ham ularning röyxatiga asoslanamiz. Ammo bu ham samarali çora emasligini kundalik hayotda uçratyapmiz. Faoliyat davomidagi kuzatuvlar va ommaviy axborot vositalari orqali yoritilayotgan ma'lumotlarga tayanadigan bölsak, ayrim fuqarolar borki, yaşaş uçun yetarli şaroitlarga ega böla turib, ijtimoiy nafaqa olişadi. Uzoqqa bormaylik, hozirgi tanglik şaroitida taşkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markaziga murojaat qilib, yordam sörayotgan insonlar orasida ham öziga töq fuqarolar uçrab turibdi. Bunday holatlar bizning diniy ma'rifat, ilm-fan va ta'lim-tarbiyadan uzoqlaşganimizga işora emasmi?
Fuqarolarning daromadlari elastikligini baholaşga qaratilgan mexanizmni joriy etiş bu masalada muhim yeçim böladi, degan umiddamiz. Lekin, bu yönalişdagi qonunçilik bazasini yana bir bor çuqur tahlil qilişni talab etadi. Negaki, birgina misol keltiramiz aliment tölovçi şaxs, qonunçilikka köra, daromadining kamida 25 foizini farzandi uçun beradi. Agarda uning daromadi 10 mln sömni taşkil etsa, tabiiyki daromadini kamaytirib körsatişga intiladi. Uning daromadi 1 mln söm bölganda esa, farzand uçun 250 ming söm bir oyga yetadimi degan masala yuzaga çiqadi.
— Karantin davrida Mahalla vazirligi qoşidagi markaz tomonidan aholiga xayriya mahsulotlari bilan yordam körsatilmoqda. Ammo bu kabi xayriyalar davomli bölmaydi, saxovatli tadbirkorlarning ham resurslari kamayib boradi.
Aholi daromadini oşirişning eng yaxşi yöli bu – iş örinlarini köpaytiriş. Siz Özbekiston hukumati oldida turgan mana şu eng katta masalalardan biri böyiça qanday kelajakni körasiz. Hukumat iş örinlari yaratiş borasida yaqin va örta kelajak uçun nimalar qilişi kerak?
— Albatta, xalqimizga xos mehr-saxovat va xayriya tadbirlari bugungi kunda qançadan-qança oilalar hayotiga yoruğlik olib kirayotgani tahsinga loyiq. Töğri aytasiz, fuqarolarimizni faqatgina bu kabi tadbirlar bilan yuzaga kelgan şaroitdan olib çiqib ketiş mumkin emas.
Hozirgi şaroitda mavjud iş örinlari va oylik daromadlarni saqlab qoliş muhim omil hisoblanadi va bu borada davlat tomonidan amaliy çora-tadbirlar yölga qöyildi. Kasanaçilik, mavjud tomorqa xöjaligidan oqilona foydalaniş, fuqarolarni uy şaroitida mahsulot işlab çiqarişga jalb etiş ham e'tibor markazimizda bölişi kerak. Işlab çiqarilgan tovarlarni markazlaşgan yoki davlat xaridlari orqali sotib oliş orqali aholini rağbatlantiriş mumkin böladi. Bu esa, öz navbatida, çetdan import qiliş mumkin bölgan tovarlarni özimizda işlab çiqariş bilan birga, ortiqça mahsulotni eksport qiliş imkoniyatini beradi.
Bundan taşqari, moliyaviy resurslarni yangi investitsion loyihalarga emas, mavjud loyihalarning samaradorligini oşirişga qaratiş ham muhim hisoblanadi.
Eng asosiysi, har bir fuqaro xalqimiz boşiga kelgan bu sinovni yengib ötişimizning asosiy qahramoni ekanini teran anglab olişi zurur böladi. Lekin, qanday qahramon böliş – salbiy yoki ijobiy bu xatti-harakatimizga boğliq.
Bu jarayonda Parlament va uning deputatlari oldida ham muhim vazifalar turibdi. Birinçi navbatda, mahalliy vakillik organlari deputatlari bilan hamkorlikda özi saylangan okrug hududining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti barqarorligini ta'minlaşga qaratilgan örganişlar olib borib, tegişli takliflar tayyorlaşi lozim böladi. Şuningdek, aholining ijtimoiy tarkibi, ularning mehnat qilişga bölgan layoqatidan kelib çiqib, örnatilgan karantin talablari asosida daromad manbalarini yaratiş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş ham deputatlar oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
— Ayni şaroitda, sizningça, davlat kimni qöllaşi kerak – xalqning muhtojlikdan qiynalayotgan qisminimi yoki biznesni? Davlat hozirgi vaziyatda qaysi pozitsiyani tanlaşi kerak va nega?
— Tasavvur qilaylik, sizning 6 kişilik (ulardan 3 kişi mehnat qiliş layoqatiga ega) oilangiz tasarrufida 1 mlrd söm miqdorida mablağ bor. Noma'lum muddatga izolyatsiyaga olinişingiz natijasida oilangiz doimiy daromaddan ayrildi. Bunday şaroitda siz mablağdan qanday foydalanasiz?
Oldingizda mablağni bankka omonat sifatida joylaştiriş, aksiya sotib oliş, işlab çiqaruvçilar bilan kelişgan holda kasanaçilik asosida uy şaroitida mahsulot işlab çiqariş, sarmoyani şaxsiy ehtiyojlar uçun sarflaş kabi bir qator variantlar yuzaga çiqadi. Şu ma'noda, davlat oldida ham bir qator tanlovlar turibdi.
Davlatimiz rahbariyati hozirgi şaroitda töğri pozitsiyani tanladi, deb hisoblayman. Negaki, mavjud işlab çiqaruvçi va hatto eng katta yöqotişlarga uçrayotgan xizmat körsatiş kabi sohalarga iqtisodiy instrumentlar bilan yordam körsatib, davlat budjetiga soliqlar tölaş orqali öz hissasini qöşayotgan aholining iş örinlarini saqlab qolişlariga yordam qilmoqda.
Xalqimizda «Yotib yeganga toğ ham çidamaydi», degan naql bor. Agarda unça katta bölmagan budjetimizni xalqimiz ehtiyojlariga sarf etişga yönaltirsak, noqulay vaziyatga tuşib qolişimiz tayin. Bundan taşqari, yaşirin iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan fuqarolar va migrantlar hisobidan kun keçirayotgan oilalar taqdirini ham hisobga oliş kerak böladi.
Bunday şaroitda karantin sababli örnatilgan tartib-qoidalarga töliq amal qilgan holda eksportga yönaltirilgan mahsulotlar işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyatiga e'tibor qaratiş muhim örin tutadi. Jumladan, dunyo böyiça talab oşib borayotgan formatsevtika, oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar faoliyatini kuçaytiriş maqsadga muvofiq.
— Pandemiyaning iqtisodiy ta'sir çoralarini yumşatiş maqsadida Özbekiston hukumati taşqi qarzlarga murojaat qilmoqda. Bu borada fikringiz qanday, davlatning taşqi qarzlarga murojaat qilişi qançalik xavfsiz?
Özbekiston qanday imtiyozlar va majburiyatlar bilan qarz olyapti va bu qarzlarni qançalik samarali sarflay oladi?
— Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 2019 yil yakunlari böyiça Özbekistonning taşqi qarzi 24,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadi. Şundan 15,8 mlrd dollar – davlat, 8,6 mlrd – xususiy sektor qarzi hisoblanadi. Bu – YaIMga nisbatan 42 foizni, davlat qarzi esa 27 foizni taşkil etadi.
Davlat qarzining tarkibida 1 mlrd AQŞ dollari miqdorida Özbekistonning yevrobondlari uluşiga töğri keladi. Uşbu obligatsiyalarning emissiya qilinişi bilan iqtisodiyotimiz tarixida yangi bosqiç amalga oşirildi, sababi unga qadar mamlakatimiz xalqaro fond bozorlaridan mablağlar jalb etgan emas edi. Buning asosiy omillaridan biri – Özbekistonning oçiqlik siyosatini amalga oşirayotgani bilan boğliq bölsa, ikkinçisi – mamlakatimizni suveren kredit reytingiga ega bölişi bilan izohlanadi.
Umuman, Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekiston taşqi qarzini YaIMga nisbatan köra 55 foizgaça jalb etişni mö'tadil yoki barqaror deb baholaşini ma'lum qilgan. Demak, hozirgi kunda Özbekistonning taşqi qarz jalb etiş imkoniyati bor.
2020 yil aprel oyida e'lon qilingan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning uzoq muddatli kredit reytingini «BB-» (barqaror) darajada ekanligi muhim hisoblanadi. Uşbu holat Özbekistonga qöşimça taşqi mablağlarni jalb etişga imkoniyati mavjudligini anglatadi.
Şuningdek, oltin-valuta zaxiramiz importni kamida uç oy davomida qoplaşiga yetişini inobatga olsak, biz taşqi qarzni bemalol jalb etişimiz mumkinligini ta'kidlaş lozim.
Taşqi qarzni birinçi navbatda davlat dasturlarini va davlat zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni moliyalaştirişga yönaltiriş maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ayniqsa, soliq tuşumlari böyiça berilayotgan ta'tillar davrida jalb etiladigan qarz mablağlarini budjet daromadlari örnini töldiriş uçun foydalaniş maqsadga muvofiq böladi, deb öylaymiz.
Şu bilan birga, prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida: «Budjet mablağlarining maqsadli va oqilona sarflanişi ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş zarur. Joriy yilda davlat taşqi qarzining yuqori çegarasini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya taşkilotlaridan olinadigan mablağlarni qaytariş imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e'tibor qaratiladi», degan edi.
Demak, taşqi qarzni makroiqtisodiy körsatkiçlar holatini inobatga olgan holda jalb etiş davlatimiz tomonidan ham alohida e'tiborga olinişi belgilanmoqda. Taşqi qarzni mö'tadil darajasini ta'minlamasak, kelajakda makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta'sir etişi mumkin.
Uşbu savolingizga xulosa yasaydigan bölsak, Özbekistonning ayni paytda taşqi qarz olişi masalasi muhim. Çunki pandemiya davridagi iqtisodiy harakatsizlik holatida yalpi talab va yalpi taklifni ta'minlaş orqali iqtisodiy faollikni minimal darajasida saqlab turişga imkon beradi. Ta'kidlaş lozimki, hukumat tomonidan olib borilayotgan çora-tadbirlar uşbu olinadigan qarzlarni samarali işlatilişiga kafolat böla oladi, deb hisoblayman.
— Özbekistonning YeOIIga integratsiyalaşuvi borasida köp gapirilmoqda. Prezident Mirziyoyev bir neça çiqişlarida Özbekiston taşkilotga kuzatuvçi a'zo bölib kirişi mumkinligi haqida gapirdi.
Bugun ham parlamentda bu masala muhokama qilinganidan xabarimiz bor. Ayting-çi, ayni paytdagi yaqinlaşuv pandemiya tufayli oğir ahvolda turgan iqtisodiyotimizga qanday ta'sir ötkazadi?
— Albatta, prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatida Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilişi borasida bir qator takliflarni örtaga taşladi.
Jumladan: «Biz, albatta, uşbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib çiqib, uning xohiş-irodasiga tayanamiz. Şuning uçun xalq vakillari bölgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atrofliça muhokama qilib, öz zimmalariga mas'uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytişlari kerak», deya alohida ta'kidladi.
Uşbu murojaatnoma mohiyatidan kelib çiqib, Özbekistonning YeOII bilan hamkorligi uçta holat bilan aks etişi mumkin. Birinçisi – hozirgi holatda davom etiş, ikkinçisi – kuzatuvçilik maqomida böliş, uçinçisi – a'zo bölib kiriş.
Savolga töxtaladigan bölsak, hali Özbekiston pozitsiyasini qanday bölişi uçun yakuniy qaror qabul qilinmadi. Buning uçun ayni vaqtda tahlillar amalga oşirilmoqda va uşbu tahlillar, olingan ilmiy-amaliy xulosalar asosida yakuniy qarorga kelinadi, deb aytişimiz mumkin.
Endi qayd etib ötgan holatlarimiz böyiça holatlarning birinçi va uçinçisi yuzasidan atrofliça töxtaliş zarur emas, deb öylamaymiz. Sababi – birinçi holat böyiça Özbekistonning xalqaro bozorga çiqişi yoki integratsion jarayonlarga qöşilişi özgarmay qoladi. Uçinçi holat böyiça esa, Özbekistoning integratsiyaga qöşilişi nazarda tutiladi. Bunda Özbekistoning iqtisodiy manfaatlari, yutuqlari va şu bilan birga yuzaga kelişi mumkin bölgan iqtisodiy yöqotişlar töğrisida köplab fikrlar bildirildi va maqolalar e'lon qilindi.
Navbatdagi pozitsiya – bu kuzatuvçilik maqomini oliş. Agar Özbekiston kuzatuvçilik maqomida faoliyatni amalga oşiradigan bölsa, mazkur holat a'zo mamlakatlar bilan taşqi savdoni amalga oşirişda heç qanday iqtisodiy oqibatlar yoki kelişuvlarni yuzaga çiqarmaydi.
Şu nuqtayi nazardan olib qaraganda, kuzatuvçilik degani taşqi savdo yuzasidan Özbekistonga ma'lum majburiyatlarni olib keladi, degani emas. Boşqaça aytganda, Özbekiston kuzatuvçilik maqomiga erişişi hozirgi inqiroz davrida böladimi yoki undan keyingi davrda böladimi, iqtisodiy ta'siri mavjud bölmaydi.
Bizningça, pandemiya şaroitidagi inqiroz Özbekistonning turli iqtisodiy ittifoqlarga yoki taşkilotlarga kuzatuvçi bölib kirişi bilan çuqurlaşişi yoki bartaraf etilişiga şart-şaroit yuzaga kelmaydi. Vaholanki, iqtisodiy inqirozni bartaraf etilişi Özbekiston tomonidan körilayotgan inqirozga qarşi çoralar dasturi va karantin davrida ijtimoiy qoidalarga amal qilinişi bilan boğliq, deb hisoblaymiz.
Şu örinda Özbekiston uçun kuzatuvçilik maqomi qanday afzalliklar berişi mumkinligini qayd etib ötsak.
Birinçidan, kuzatuvçi maqomi mamlakatimiz uçun iqtisodiy majburiyatlar va salbiy holatlarni yuzaga keltirmaydi.
Ikkinçidan, YeOII a'zo davlatlarining yagona qarorlarini örganiş va ularni bevosita kuzatiş imkoni vujudga keladi.
Uçinçidan, YeOII davlatlari majlislari ma'lumotlarini bevosita oliş (kerak bölsa, bevosita iştirok etiş) va uni Özbekiston şaroitidagi makroiqtisodiy jihatdan tahlilini amalga oşiriş uçun birlamçi manba yuzaga keladi.
Törtinçidan, kuzatuvçilik maqomidan söng YeOIIga a'zo bölib kiriş yoki kirmaslik majburiyati mavjud emas.
Xulosa qilib aytganda, YeOII bilan munosabatlarni amalga oşirişga doir qarorning qabul qilinişi bu boradagi muzokara va tadqiqotlarni obektini aniq belgilaşga asos böladi, deb hisoblaymiz.