«Hoshimov iqtisodiyoti» dasturi doirasida Behzod Hoshimov Parijdagi Sciences Po iqtisodiyot instituti professori, iqtisodçi Sergey Guriyev bilan «Koronavirus, korrupsiya, avtoritarizm, Çernobil, narxlar va makroiqtisodiyot» mavzusida suhbat uyuştirdi.

— Rivojlanayotgan, YaIM aholi jon boşiga 5 ming dollardan kam bölgan mamlakatlarda pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari qanday böladi?

— Biz siz bilan aprel oyining örtasida suhbat qilyapmiz va hali ham sizning savolingizga aniq javob yöq. Çunki tibbiyotning rivojlangan tizimiga ega mamlakatlarda sodir bölayotgan narsalar masalaning bir tomoni. Hatto bu mamlakatlar uçun ham pandemiya katta tahdid hisoblanadi. Biroq rivojlangan mamlakatlar buni tuşungan holda koronavirusga qarşi kuraşga katta mablağ sarflaşga tayyor. Ular qat'iy karantin çoralarini tatbiq qilmoqda va bir vaqtning özida iqtisodiyotni qöllaş uçun YaIMning 10, 15, 20 foizi darajasidagi çoralarni işga solmoqda.

Ular nima uçun buni amalga oşira oladilar? Çunki ular bozordan katta mablağni nol va hatto manfiy stavkalarga ham qarz sifatida olişlari mumkin. Şuning uçun ham ular pandemiyadan zarar köradigan iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun pulni tejaş zarur deb hisoblaşmaydi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda vaziyat batamom özgaça. Rivojlanayotgan mamlakatlar nol stavkadagi qarz oliş bozorlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega emas. Bundan taşqari, yana bir muammo şundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda soğliqni saqlaş tizimiga rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda katta yuk tuşişi ehtimoli yuqori. Şuning uçun vaziyat oğir, har bir mamlakatda turliça.

Bugun, siz bilan suhbat qilayotganimida Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) va Jahon bankining har yilgi yiğilişi bölib ötmoqda. Bu aksiyadorlar yiğilişi. U menimça, tarixda ilk marta virtual tarzda ötmoqda. Bu şunday yiğilişki, XVJ va Jahon bankining yirik aksiyador mamlakatlari yetakçilari, kuçli yigirmatalik yetakçilari bu inqirozda rivojlanayotgan mamlakatlarga qanday yordam berişni muhokama qilişadi. Hozirça qarorlar qanday bölişini bilmaymiz, biroq XVJ va Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlarni qöllab-quvvatlaşni keskin oşiriş böyiça kelişib olsa kerak. Bunga qöşimça sifatida rivojlanayotgan mamlakatlar qarzini tölaşga moratoriy böyiça qaror qabul qilinsa kerak.

Rivojlanayotgan mamlakatlardagi budjet vaziyatini yengillaştiriş uçun ular birmunça vaqt davomida qarzlarini tölamay turişadi. Ana şu haqida söz yuritilyapti, qanday qarorga qabul qilinişi aniq emas. Umuman olganda, rivojlanayotgan mamlakatlar uçun katta tahdid.

— Umumuman olganda, köplab mamlakatlar, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda karantin böyiça tengi yöq çoralar körilmoqda: iqtisodiyot yopilmoqda, iqtisodiy faollik töxtamoqda. Bu vaziyatga öz ta'sirini ötkazmay qolmaydi. Biroq Özbekistonda muammo şundaki, şartli ravişda iqtisodiyotning yopilişi, iqtisodiy faollikning töxtatilişi iqtisodiyotning norasmiy sektorida işlagan fuqarolarga kuçli ta'sir qilmoqda. Bizda 19 million mehnat resurslari bölsa, ulardan 5,6 millioni rasmiy sektorda işlaydi. Qolgani norasmiy sektorda işlaydi. Şuning uçun agar rivojlanayotgan mamlakat öz fuqarolariga yordam berişni istasa, har bir kişiga çek yozib beriş noreal bölsa, fuqarolarning köpçiligi rasmiy sektorda işlamasa, [kimga yordam berişi kerakligini] qanday bilişi mumkin, yoki hukumat qanday qilib aholini qöllab-quvvatlaş haqida öylaşi mumkin?

— Bilasizmi, baribir har bir kişiga çek yozib beriş kerak böladi. Bu davlatning byurokratik samaradorligi uçun ham juda muhim test hisoblanadi. Şartli ravişda Hindiston kabi mamlakat haqida gapirilganida bugun har bir odam ular rasmiy yoki norasmiy sektorda işlaşidan qat'i nazar, raqamli texnologiyalar bilan qamrab olingan. Ularga yetib boriş mumkin.

Barça rivojlanayotgan mamlakatlarda ham şuni amalga oşiriş kerak. Gap şundaki, rivojlangan mamlakatlar bugun biznesni qöllab-quvvatlaş çoralari bilan çeklanişmayapti, ular xuddi siz aytgandek, har bir kişiga çek yozib berib, odamlarga ham yordam berişyapti. «Qora kun» kelgani uçun daromadi yuqori bölmagan amerikalik kişi Federal ğaznaçilikdan pul oliş huquqiga ega. Barça rivojlanayotgan mamlakatlarda ham şuni amalga oşiriş kerak. Çunki odamlar katta zarar körişadi, hatto karantin çoralari qöllanmasa ham zarar körişadi. Çunki global inqiroz bor. Global inqiroz vaqtida rivojlanayotgan mamlakatlar hammadan köproq zarar köradi. Ularning eksport tovarlari - odatda bu xomaşyo, uning narxi tuşadi, rivojlangan mamlakatlarda kapital çiqib ketişi sodir böladi. Albatta, bu vaziyat juda oğir. Şuning uçun odamlarga yordam beriş kerak.

— Ya'ni siz odamlarni tuşumlariga qarab diskriminatsiya qiliş, ularning moliyaviy vaziyatini örganiş emas, har bir kişiga çek yozib berilişi tarafdormisiz?

— Bilasizmi, fikrimça, ayrim mamlakatlarda kim qança pul işlab topayotganini biliş imkonsiz. Hammaga yordam beriş kerak. Şuni tuşuniş kerakki, agar budjetdan hammaga tölaydigan bölsangiz, u holda oxir-oqibat bu boylar va kambağallarga qayta taqsimlaş böladi. Şartli ravişda, milliarder kişi davlatdan çek oladi va undan pul tölaydi. Çunki undan keyin soliq yiğib olinadi. Şuning uçun nafaqat kambağal kişilar, balki boylarga ham yordam berişga qörqmaslik kerak. Çunki boylar buning uçun pul tölaşadi, soliqlar kambağallardan emas, köproq boylardan olinadi. Agar sizda boylar va kambağallarni differensiya qiliş imkoniyati bölsa, u holda hammaga yordam beriş kerak. Keyin davlatga bu böyiça pul tölaş kerak böladi. Ayonki, soliqni asosan örta va yuqori sinf odamlari tölaydi.

Töliq suhbatni Hoshimov iqtisodiyoti’ning Youtube’dagi kanali orqali köriş mumkin.