Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat investitsiya kompleksi iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 300 dan ziyod yirik loyihani ishga tushiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident iqtisodiyot va aholi daromadlarini o‘stirishda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratish kerakligini qayd etdi.
Vazirlar Mahkamasining investitsiya kompleksi kelgusi yilda iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 300 dan ziyod yirik loyihani ishga tushirishi va to‘liq quvvatlar bilan ishlashini ta’minlashi zarur.
Jumladan, “Yoshlik-I” konida birinchi bosqichga, “Muruntov” konida esa keyingi bosqichlarga start beriladi. Shuningdek, Samarqandda yiliga 910 ming tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan kompleks, 600 ming tonna mahsulot beradigan metallurgiya korxonasi, Zarafshonda kaustik soda zavodi, Nukusda isitish tizimlari ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshiriladi.
Navoiyda mikro-GESlarni barpo etish bo‘yicha barcha bosqichlar o‘z resurslarimiz asosida tashkil qilingani yurtimizda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Shuning uchun, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish bo‘yicha katta dastur qabul qilinishi belgilandi.
Iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlash va energiya samaradorligini 2 karra oshirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026