Vazirlar Mahkamasining “Kapital, tovar va xizmatlar eksporti hamda eksportni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq faoliyatni suğurta qiliş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Kapital, tovar va xizmatlar eksporti hamda eksportni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq faoliyatni suğurta qiliş tartibi eksport qiluvçilar va ularning eksportga yönaltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qöllab-quvvatlovçi şaxslarning mulkiy manfaatlariga suğurta himoyasini taqdim etiş şartlarini belgilaydi.

Suğurta şartnomasiga muvofiq suğurta qildiruvçilarga quyidagi tavakkalçiliklarning barçasi yoki biri yoxud ularning Tartibning 4-bandida keltirilgan ta'riflarida keltirilgan alohida tavakkalçiliklar yoki ularning kombinatsiyasi suğurta himoyasi sifatida taqdim etilişi mumkin:

siyosiy tavakkalçiliklar;

tijorat tavakkalçiliklari;

logistika tavakkalçiliklari.

Suğurta qildiruvçining faoliyatidan kelib çiqib, suğurta şartnomalarining quyidagi turlaridan foydalaniş mumkin:

Eksport qiluvçi suğurta qildiruvçi bölganda:

eksport şartnomasi böyiça majburiyatlar bajarilmasligi suğurta qiliş şartnomasi – kontragent eksport şartnomasiga binoan tölov yoki barter (tovar yoki xizmat almaşinuvi) böyiça majburiyatlarni siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida öz vaqtida bajarmasligidan suğurta himoyasi;

tovar va (yoki) xizmat yetkazib beruvçi kreditini suğurta qiliş şartnomasi – kontragent muhlatli tölov şarti bilan tuzilgan eksport şartnomasiga binoan tölov majburiyatlarini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida öz vaqtida bajarmasligidan suğurta himoyasi;

eksport qiluvçining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini suğurta qiliş şartnomasi – bir yil (qisqa muddatli) yoki undan ortiq (uzoq muddatli) davr içida muhlatli tölov şarti bilan eksport qilingan tovar va (yoki) xizmat uçun tölov siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida öz vaqtida tölanmasligidan suğurta himoyasi;

 

logistika tavakkalçiliklarini suğurta qiliş şartnomasi – eksport qiluvçining işlab çiqariş va eksport faoliyatida logistika tavakkalçiliklaridan suğurta himoyasi;

 

investitsiyalarni suğurta qiliş şartnomasi – eksport qiluvçining xorijdagi biznesga investitsiya sifatida mulkiy va (yoki) moliyaviy qöyilmalari, nomoddiy aktivlari bankrotlik oqibatida töliq yoki qisman qaytmasligidan suğurta himoyasi;

Moliyalovçi şaxs suğurta qildiruvçi bölganda:

xaridor kreditini suğurta qiliş şartnomasi – moliyalovçi şaxs tomonidan Özbekistonda işlab çiqarilgan tovarni va (yoki) xizmatni sotib oliş uçun berilgan kreditni xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida söndirmasligidan suğurta himoyasi;

eksport faktorini suğurta qiliş şartnomasi – faktor hisoblanuvçi moliyalovçi şaxsning faktoring mablağlarini xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida söndirmasligidan suğurta himoyasi;

eksport qiluvçining aylanma mablağlarini töldiriş krediti öz vaqtida qaytarilmasligidan suğurta qiliş şartnomasi – eksport qiluvçiga aylanma mablağlarni töldiriş uçun berilgan kreditni tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida öz vaqtida söndirmasligidan suğurta himoyasi;

tasdiqlangan akkreditivni suğurta qiliş şartnomasi – eksport qilinayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlar uçun oçilgan akkreditiv moliyalovçi taşkilot tomonidan tasdiqlanib, siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida töliq yoki qisman qoplanmay qolişidan suğurta himoyasi;

kafolat yoki kafillikni suğurta qiliş şartnomasi – eksport qiluvçi kontragent oldidagi öz majburiyatlarini siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalçiligi yuzaga kelişi oqibatida bajarmasligi natijasida moliyalovçi şaxsning kafolat yoki kafillik böyiça tölovni amalga oşiriş majburiyatidan suğurta himoyasi;

lizing faoliyatini suğurta qiliş şartnomasi – moliyalovçi şaxs sotib olgan mahsulot siyosiy va tijorat tavakkalçiliklari yuzaga kelişi oqibatida taqdim etmasligi va uşbu mahsulot uçun ötkazilgan mablağlar qaytarilmasligi yoxud eksport qiluvçi moliyalovçi şaxsga tijorat tavakkalçiligi yuzaga kelişi oqibatida lizing tölovlarini öz vaqtida amalga oşirmasligidan suğurta himoyasi.

Suğurta şartnomalarini tuzişda quyidagilar taqiqlanadi:

siyosiy tavakkalçiliklar böyiça şarsiz franşiza örnatilişi;

tijorat tavakkalçiliklari böyiça şarsiz franşiza miqdori – suğurta pulining 50 foizidan ortiq bölişi;

logistika tavakkalçiliklari böyiça şarsiz franşiza miqdori – suğurta pulining 5 foizidan ortiq bölişi;

siyosiy tavakkalçiliklar böyiça kutiş davri – 180 kalendar kundan ortiq bölişi;

tijorat tavakkalçiliklari böyiça kutiş davri – 90 kalendar kundan ortiq bölişi;

logistika tavakkalçiliklari böyiça kutiş davri – 30 kundan ortiq bölişi.

Muhlatli tölovni nazarda tutuvçi eksport şartnomasi böyiça suğurta tavakkalçiliklarini suğurta qiliş uçun suğurta qildiruvçi tomonidan eksport şartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans tölovi oldindan tölangan bölişi lozim.

Tartibga muvofiq tuzilgan suğurta şartnomalari faqat suğurta qildiruvçining foydasiga tuzilişi mumkin.

Suğurta şartnomalarida tomonlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq suğurtaga oid qöşimça xizmatlar taşkil etilişini kelişib olişlari mumkin.

Suğurta şartnomasida suğurta hodisasi, zararning hisob-kitobi, kutiş davri, franşiza miqdori va qöşimça xizmatlar uçun ajratiladigan mablağning eng köp miqdori, suğurta tovonini oliş uçun beriladigan hujjatlar, hujjatlar topşirilgan kundan boşlanadigan suğurta tovoni tölanişi muddati aniq körsatilgan bölişi şart.

Suğurta şartnomasiga amaldagi qonun hujjatlari va Tartib bilan ruxsat etilmagan istisnolar va şartlarni kiritiş mumkin emas.

Agar xalqaro normativ hujjatlar va qoidalarda Tartibdan farq qiluvçi suğurta qiliş şartlari nazarda tutilgan bölsa, suğurta şartnomasiga uşbu xalqaro normativ yoki qoida kiritilişi mumkin.