Iqtisodiyot | 15:20 / 14.11.2024
2812
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani investitsiyalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Baxtiyor Karimov boshchiligida  ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning London shahriga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tashrif davomida, O‘zbekiston vakillari Britaniyaning AKS Service, Concrete Canvas, Lemar Food LTD, Trade Development yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishdi.

Ularda Kitob tumani hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish joylarni tashkil etish, tibbiy muassasalarni qurish, hududda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Britaniya bozoriga eksport qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar natijasida qator kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid