Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tijorat banklarida korporativ boşqaruv töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, korporativ boşqaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlaş va ularga erişiş ustidan nazorat qiliş uçun zarur taşkiliy tuzilmani, şuningdek boşqaruvga oid qarorlar qabul qiliş imkonini ta'minlovçi, bank boşqaruv organlari va boşqa manfaatdor tomonlar örtasidagi munosabatlar majmui, şu jumladan boşqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlaş hamda boşqaruvga oid qarorlar qabul qiliş imkonini yaratiş tuşuniladi.
Samarali korporativ boşqaruvning asosi bölib quyidagilar hisoblanadi:
bankning içki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanişi;
yetarli darajadagi hisobdorlik;
özaro nazorat qiliş hamda bank uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan qarorlar qabul qilinişining oldini olişni ta'minlovçi, bank boşqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar örtasidagi vakolatlarning taqsimlanişi;
özining vakolatlari va vazifalarini yaxşi biluvçi, funksional vazifalarini bajarişda yuqori darajadagi işbilarmonlik va odob-axloq qoidalariga rioya etuvçi, bank kuzatuv kengaşining va ijroiya organining yuqori malakali a'zolari mavjudligi.
Kengaş va boşqaruv a'zolari öz faoliyatini amalga oşirayotganda ma'nan javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilişi va sodiqlik bilan xizmat qilişi lozim.
Ma'nan javobgarlik va jonkuyarlikni namoyon qiliş deganda kengaş va boşqaruv a'zolarining öz qarorlarini ongli ravişda qabul qiliş va öz xatti-harakatlari uçun javobgarlikni his qiliş, öz xizmat vazifalarini bajarişga mas'uliyat bilan yondaşiş, qarorlarni öz vakolatlari doirasida va mavjud ma'lumotlarni har tomonlama baholagan holda qabul qiliş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, bank ustavi va bankning içki me'yoriy hujjatlari talablariga rioya qiliş majburiyati tuşuniladi.
Sodiqlik bilan xizmat qiliş deganda kengaş va boşqaruv a'zolari özlari bilan boğliq barça mavjud va ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvini oşkor qiliş, öz xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlari yölida foydalanmaslik, şuningdek, manfaatlar töqnaşuvi ularga bank manfaatlari yölida öz vazifalarini tölaqonli bajarişiga tösqinlik qilgan taqdirda, qaror qabul qilişda qatnaşmaslik majburiyati tuşuniladi.











