Urganç axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 41 yillik tarixga ega. Bu dargoh 1979 yilda texnikum sifatida iş boşlagan. 2005 yilda kollejga aylantirilgan va 640 öringa möljallangan yangi, zamonaviy binoga köçib ötgan.

Kollejda «Kompyuter injiniringi texnigi», «Dasturiy injiniringi texnigi» va «Telekommunikatsiya» yönalişlari böyiça 266 nafar öquvçi ta'lim olyapti. 53 nafar işçi, jumladan 21 nafar pedagog, 32 nafar boşqaruv va texnik xodimlar işlayapti.

2019 yil 6 sentyabrda Özbekiston Respublikasi prezidentining «Professional ta'lim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 5812–son farmoni qabul qilindi. Unga köra, Urganç axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida texnikum sifatida qayta taşkil qilinadigan böldi.

Şu sababli va Mehnat kodeksiga binoan kollejning 53 nafar işçi-xodimiga 1 iyuldan boşlab mehnat şartnomasi bekor qilinişi töğrisida ogohlantiriş xati berildi.

Ayni vaqtda kollej kollektivining keyingi taqdiri qanday bölişi söroq ostida turibdi. Agar ta'lim dargohi texnikum sifatida qayta taşkil qilinsa, texnik-xodimlar yana işga qabul qilinadimi? Öqituvçilar-çi? Odamlarni şu masala xavotirga solgan.

Gap şundaki, axborot va kompyuter texnologiyalari sohasiga ixtisoslaşgan kollejning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida texnikumga aylantirilişi ta'lim yönalişlari va öqitiladigan fanlar turi böyiça jiddiy özgarişlarga olib keladi. Ya'ni «Kompyuter injiniringi texnigi», «Dasturiy injiniringi texnigi», «Telekommunikatsiya» va boşqa yönalişlar yopiladi. Natijada, bu yönalişdagi fanlardan dars beruvçi mutaxassis pedagoglarning mehnatiga ehtiyoj qolmaydi, ular işidan ajraladi.

Kollej kollektivi axborot va kompyuter texnologiyalariga ixtisoslaşgan ta'lim dargohining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga berilişida bir qança muhim omillar e'tiborga olinmagan deb hisoblamoqda.

Jumladan, kollej aynan axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida ta'lim beriş, kasbga örgatiş uçun barça şaroitlarga, moddiy-texnika bazasiga, tor sohaga mansub bölgan professional fanlardan ta'lim beradigan malakali mutaxassislarga ega.

Kollej Germaniya davlat imtiyozli krediti hisobiga jihozlangan «Elektronika va elektrotexnika asoslari laboratoriyasi», «Axborot texnologiyalari asoslari laboratoriyasi», «WINDOWS va MS-OFFICE kompyuter laboratoriyasi», «Dasturlaş va kompyuter tarmoqlariga xizmat körsatiş laboratoriyasi», «Şaxsiy kompyuterlarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi», öquv amaliyotlarini ötkaziş uçun möljallangan 7ta kompyuter laboratoriya xonalariga ega. Axborot resurs markazi fondida jami 56 mingga yaqin kitob bor. Şulardan 15 mingga yaqini maxsus adabiyotlar, 8 mingdan ortiği öquv uslubiy fanlar, 600ga yaqini elektron qöllanmalar.

Kollej ta'lim sohasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Xorazm viloyati hududiy boşqarmasi, «Özbektelekom» AKning Xorazm filiali, «Özbekiston poçtasi» OAJning Xorazm filiali, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Urganç filiali bilan hamkorlik va şeriklik şartnomalarini tuzgan.

Kollejni tugatgan mutaxassislar Xorazm telekommunikatsiya tarmoqlari korxonalarida, Davlat xizmatlari markazlarida, Urganç xalqaro aeroportida, temir yöl tarmoqlarida, huquq-tartibot idoralarida mehnat qilişmoqda.

Şularni inobatga olgan holda, kollej Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga emas, balki ta'lim yönalişi bir xil bölgan Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Urganç filiali tasarrufiga ötkazilsa, maqsadga muvofiq emasmi? Ta'lim dargohi kollektivi ham şuni istamoqda.

Özbekiston Respublikasi prezidentining yuqorida tilga olingan farmonida Vazirlar Mahkamasida zarur hollarda texnikum sifatida qayta taşkil qilinişini közda tutilgan kollejlarning tasdiqlangan röyxatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş huquqi borligi körsatilgan. Kollej kollektivi mana şu bandga asosan qaror qayta körib çiqilişini iltimos qilmoqda.

Qayd etiş joizki, kollej öqituvçilari va xodimlarining iş örnidan ajralişi murakkab bölib turgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada oğirlaştiradi. Pandemiya şaroitida ularning köpçiligi, ayniqsa, tor sohaga mansub bölgan professional fanlardan ta'lim beradigan malakali mutaxassislar iş topa olmasligi mumkin. Xodimlarning ba'zilari qaramoğida voyaga yetmagan farzandlar bor, ba'zilari uzoq muddatli uy-joy ipoteka kreditlari, iste'mol kreditlarini olişgan va tölab kelişmoqda. Işsiz qolgan taqdirda bunday oilalarning ahvoli tang bölib qoladi.

Kollej kollektivi axborotlaştiriş asrida, ayniqsa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişning ahamiyati yuqori bölib turgan hozirgi davrda öquv dargohining profilini saqlab qolişni, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yönalişi mutaxassislarini tayyorlaydigan texnikumga aylantirilişini maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. Kollejning moddiy texnik bazasi, adabiyotlar fondi va soha mutaxassislari mavjudligi bunga töliq imkon beradi. Bundan taşqari, köp yillar davomida mehnat qilib kelayotgan kollektivni saqlab qoliş, ularni ijtimoiy himoyalaşni ta'minlaydi.

Nurmuhammad Said