Milandagi Vita-Salute San Raffaele universiteti prorektori Massimo Klementining ta'kidlaşiça, italiyalik şifokorlar may oyida koronavirusga çalinganlarda kasallik ötkirligi pasayganini payqaşgan.
“Bunda gap nafaqat kasallanganlar soni, balki intensiv davolaş bölimida davolanişi talab qilingan bemorlar, jumladan öpkasi yalliğlanganlar soni ham kamaygani haqida borgan. Şu bilan bir vaqtda uyda davolaş mumkin bölgan kasallanganlar soni oşgan”, deb ta'kidlab ötdi Klementi.
Şundan keyin San Raffaele şifoxonasi mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi xodimlari bunday özgarişning ilmiy sababini izlaşga tuşişgan.
“Biz kiçik tadqiqot ötkazdik va unda şifoxonaga 1 martdan 15 martgaça tuşgan 100 bemor bilan mayning ikkinçi yarmida tuşgan 100 bemorni taqqosladik. Aniqlanişiça, virus yuklamasi (muayyan hajmdagi biologik suyuqlikda virus zarralari sonini baholaş bilan hisoblanadigan ölçam) epidemiyaning boşida may oxiridagidan köra ança – 10 martalab yuqori bölgan. Bu natija katta ahamiyatga ega”, deb aytgan olim.
Klementining fikriça, koronavirus tobora kuçsizlanmoqda. Olim bu bilan boğliq holda londonlik olimlar yaqinda ötkazgan tadqiqot haqida sözlab bergan. Ular Xitoy, Yevropa, AQŞda aniqlangan virus genomining turli sekvensiyalarini (ketma-ketligini) örganib çiqişgan.
“Natijada britaniyalik hamkasblarimiz virus genomida mutatsiya yuz beradigan muayyan hududlar borligini aniqlaşgan. Gap gomoplaziya deb nomlangan fenomen haqida bormoqda. Bu virus juda qayişqoqligini va turli mutatsiyalar yordamida inson organizmiga moslaşayotganini anglatadi”, deb ta'kidlab ötgan mikrobiolog.
U bu ma'lumotlarni ajoyib yangilik deb atagan.
“Gap şundaki, yuqorida ta'riflangan jarayon barça davlatlarda ularning geografik joylaşişi va epidemiyaning qaysi bosqiçida bölganidan qat'iy nazar yuz beradi. Virusning evolyutsiyasi hamma yerda bir xil yönalişda, biroq qayerdadir sekinroq, qayerdadir tezroq ketmoqda. Bu jarayon, avval bir neça marta bölganidek, virusning patogen salohiyatini va uning virulentligini (kasallik çaqira oliş darajasi, ya'ni zararligi) kamaytirişga olib kelişi mumkin. Virus tobora kamroq tajovuzkorga aylanmoqda, inson organizmiga moslaşib, kuçsizlanib bormoqda”, deb xulosa qilgan olim.
Klementining fikriça, tez orada virus şunçalik kuçsizlanadiki, u boşqa koronaviruslar kabi insonda faqatgina oddiy respirator kasalliklar çaqiradigan holga keladi. Olim şu bilan boğliq holda kuzda pandemiyaning ikkinçi tölqini bölmasligiga umid bildirgan.













