Xitoyning Çutsin tibbiyot universiteti olimlari koronavirusni boşdan ötkazganlar bilan tadqiqot ötkazib, ulardan aksariyatida 8 haftadan keyin virusga antitanalar kamayişini aniqlaşgan. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
Olimlarning aytişiça, antitanalar koronavirusni alomatlarsiz boşdan keçirganlarda tezroq yöqolar ekan.
“Bu natijalar esa ommaviy immunitet işlab çiqilişi imkoniyatini va virus ustidan töliq ğalabaga erişiş mumkinligini şubha ostiga qöyadi”, deb ta'kidlab ötişgan olimlar.
Olimlar öz xulosalarini koronavirusni alomatsiz ötkazgan 37 kişi va kuçli ifodalangan alomatlar bilan ötkazgan 37 kişini kuzatiş asosida çiqarişgan.
“Kuzatuvning 8 haftasi içida antitanalar 81 foiz alomatsiz hamda 62 foiz alomatlarga ega bemorlarda kamaygan. Bundan taşqari, antitanalar miqdori 40 foiz alomatsiz holatlarda aniqlanmaydigan darajagaça kamayib ketgan. Bunday yöqotiş 12,9 foiz alomatlarga ega bemorlarda qayd qilingan”, deyilgan tadqiqotda.
Olimlarning ta'kidlaşiça, qayta kasallaniş bu vaqt masalasidir, virusga barqaror immunitet, ayniqsa koronavirusni alomatsiz keçirganlarda, işlab çiqilmaydi. Vaqtinçalik immunitet esa 2-3 oydan köproqqa yetmaydi.
Olimlarning aytişiça, ular virus ta'sirining muhim jihatlarini, jumladan inson organizmining unga immun reaksiyasini hali ham örganişmoqda. Ular oladigan javoblar vaksinani işlab çiqişda va aholida immunitet şakllanişi sur'atlarini baholaşda yordam beradi.













