Hademay yangi öquv yili boşlanadi. Qolaversa, oldinda — kuz fasli. Demak, qariyb uç oylik tanaffusdan söng bolalar organizmi yana öquv mavsumiga, maktab rejimiga moslaşişi kerak. SSV matbuot xizmati pediatr-şifokor Noiba Azimovaning ota-onalarga tavsiyalarini keltirdi. 

— Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovçi qalqon, — deydi mutaxassis. — Öğil-qizlarning tez-tez betob bölişi, xastalik köp qaytalanişi — ularda immunitet zaifligi belgisi.

Bunga köpinça maktab öquvçilari tanasida vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu, notöğri ovqatlaniş va doimiy psixologik stress sabab böladi.

Çunki maktab yoşidagi öğil-qizlar organizmi ma’lum ritmlarga moslaşadi. Şu bois, bolani yoşligidanoq rejimga köniktirgan ma’qul. Bu — immunitetni mustahkamlaşda muhim omil.

Boşlanğiç sinf öquvçilari keçqurun soat 21:00 da uyquga yotib, ertalab soat 7:00 da turişi maqsadga muvofiq. Kattaroq yoşdagi bolalar uçun yotiş vaqti bir soat – 22:00 gaça surilişi mumkin.

Uxlaşdan avval kompyuter, planşet yoki telefondan foydalaniş uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Oqibatda boş miyada melatonin gormoni işlab çiqariş kamayadi. Bu esa tunda kortizol gormoni miqdorini oşiradi. Oqibatda bolada turli kasalliklarga moyillik paydo böladi.

Qolaversa, me’yoriy hordiq immunitetga ijobiy ta’sir körsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm jarayoni jadallaşib, kiçkintoylar ayni şu soatlarda yaxşi ösadi. 

Yana bir muhim tavsiya: bola kuniga kamida 4 marta taomlanişi, ya’ni soat 7:30-8:00 da nonuşta, 10:30-11:30 da issiq nonuşta, 14:00-15:00 da tuşlik qilişi,  19:00-19:30da keçki ovqat tanavvul qilişi maqsadga muvofiq.

Fast-fud, tezpişar taomlar, gazlangan içimliklar, “snek”lar, turli şirinliklar öquvçilar organizmini tabiiy vitamin va minerallardan mahrum qilişidan taşqari, har jihatdan soğlom ösişiga salbiy ta’sir körsatadi.

Yodlangan oş tuzi, sarxil meva-sabzavotlar iste’moli, suv balansi farzandlar salomatligi uçun muhim. Immunitetni oşirişda tabiiy antioksidant vazifasini ötovçi asal va viruslarga qarşi samarali kuraşadigan sarimsoq piyozning foydasi katta.

A vitamini bilan boyitilgan sabzi va şirin kartoşka, gripp va nafas yöllarining yuqumli kasalliklariga qarşi kuraşişda qöl keladigan Ye vitaminiga boy yonğoqlar, albatta, bolalar ratsionida bölişi maqsadga muvofiq.