Yozda salqin, qişda issiq saqlovçi paxsa devorlar şu darajada ommalaşganki, poytaxtga, vodiyga samarqandlik, vohalik ustalar borib paxsa urib kelişgan. Ustaçilikning bu yönalişi haqiqiy pahlavonlar işi ekanligi ham e'tiborga molik. Sababi, loy bilan uzluksiz işlaş, lömbozni 3-4 metrga irğitib beriş er kişidan katta quvvat talab qiladi.

Ğiştni sanoat darajasida işlab çiqariş hajmining oşişi paxsaçilikka bir zarba bölgan bölsa, ihota devorlar uçun yengil konstruksiyalar işlab çiqariş kengayişi yana bir kuçli zarba böldi.

Ammo paxsaçilik butunlay yöqolib ketmagan. Vohada, daşt hududlarda oz bölsa-da uçrab tursa, Qoraqalpoğistonda, Xorazmda hanuz keng qöllaniladi.

Xorazm viloyatiga safarimiz çoğida Boğot tumanining Qalajiqqal'a mahallasidagi xonadonlardan birida paxsa urayotgan ustalarga duç keldik va ularning işboşisi Bahrom oğa Tilloyev bilan suhbat qurdik:

– Hormanglar usta akalar. Paxsa urişda ölçov qanaqa böladi? Butun uy devorlarini tiklaşni kelişasizlarmi yoki metrlab hisob-kitob qilasizlarmi?

– Salomat böling. Metrlab hisob-kitob qiliş ham bor, ammo odatda butun uyning devorlarini tiklab berişni kelişamiz. Metrlab hisob-kitob qilişning noqulay tomoni har-xil qalinlik va balandlikdagi devorlar böladi. Qolaversa, poydevordan keyin bir qator paxsani 1 metr balandlikda ursangiz, yuqori qavatlarga borib 30-40 santimetrga tuşib qoladi. Kötara hisob-kitobda esa boşidan devor qanday bölişi kelişib olinadi.

Masalan, mana şu uyning devorlari umumiy uzunligi 120 metr, balandligi 3,2 metr, eni esa 50 sm. Mana şu uyni kötara savdo qilganmiz.

– Sir bölmasa, qançaga kelişgansizlar va qança vaqtda bitirib berasizlar?

– Umumiy devorlari 120 metrlik bu uyni 12 mln sömga kelişganmiz va tört kişi işlab, taxminan bir oyda bitirib beramiz. Yeyiş-içişimiz uy egasi hisobidan. Aytişadi-ku, paxsaçini oşdan boşqasi töq tutmaydi, deb. Şuning uçun har kuni palov pişirib berişadi, biz esa erta tongdan boşlab tinmay işlayveramiz.