«Prezidentlik davrimning boşlari edi. Oldimga bir guruh odamlar keldi-da, «Çindan bu mamlakatni boşqaraman deb öylayapsizmi?» deyişdi. Men «ha», deb javob berdim. «Köramiz» deyişdi, men ham «köramiz» dedim». Vladimir Putin

Sergey Karpuxin / Reuters / Scanpix / LETA

Yangi asr boşidan buyon Rossiyani boşqarib kelayotgan Vladimir Putin dunyodagi eng yirik mamlakatni yana ikki muddat boşqariş imkoniga ega böldi. Aniqroq aytganda, yangi asrning 2008-12 yillarida tanaffus qilgan holda Rossiyani boşqarib kelayotgan Putin. Axir bu muddatda Rossiyani Medvedev boşqargani fakt, qolgan har qanday fikr taxmindan boşqa narsa emas.

Asosiy işi Kreml, xususan, Putinni taşviqot qiliş bölgan rus naşrlarida bu özgarişning «hayot-mamot masalasi» ekani haqida har qança gapirilmasin, Putin keskin tanqidlar girdobida qolmoqda. Vladimir Vladimiroviç buni juda yaxşi biladi, axir u çumçuqdan qörqqanida tariq ekmasdi, töğrimi? Quyida hammasi nega bunday rivojlandi, degan savolga öz xabardorligimiz darajasida mulohaza yuritamiz.

Tört muşketyor

Sözimiz avvalida Putin prezidentlik davrida duç kelgan voqeani keltirdik. Bu qaysidir filmdan olinmagan yoki öylab topilgan hikoya emas. Putin bu haqda intervyularidan birida aytgan. Öşa odamlar kim bölgan deb öylaysiz? Ularning kimligini aniq aytib bölmasa-da, taxmin qiliş mumkin. Aytaylik, ulardan biri Mixail Xodorkovskiy bölgandir. Balki Roman Abramoviçdir? Putinga zaharxanda qilgan odam Boris Berezovskiy yoki Vladimir Gusinskiy ham bölişi mumkin.

Vladimir Vladimiroviç taxtga kelgan vaqtda bu törtlik Rossiyaning eng yirik tadbirkorlari edi. Putin ular bilan kelişa olmagani haqida köp gapirilgan. Rossiya siyosatini kuzatib boradiganlar bu gaplar haqiqatga yaqinligini tuşunadi. Boris Yelsin davrida Rossiyada yoppasiga xususiylaştiriş boşlanadi va natijada yirik milliarderlar paydo böladi.

Bu milliarderlar, xususan, yuqoridagi törtlik ortida AQŞ turgani haqida köp gapirilardi. Rossiyada esa Amerika degan sözga allergiya borligi sir emas. Agar çindan bu tadbirkorlarning ortida Rossiyaning asosiy raqobatçisi (yoki duşmani) turgan bölsa, tabiiyki Putin buni fojia sifatida qabul qilgan. Axir mamlakat harbiy jihatdan har qança qudratli bölmasin, uning kapitalini boşqalar nazorat qilsa, harbiy qudrat bir pulga qimmat bölib qoladi.