Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Vladimir Putinni yangi yil bilan tabriklab, uni «eng yaqin dösti» deb atadi. Bu haqda Şimoliy Koreyaning KMTA axborot agentligi xabar berdi. «Örtoq Kim Çen In özining eng yaqin dösti Putinni yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardoş rus xalqiga, jasur rus armiyasining barça harbiy xizmatçilariga öz nomidan, Koreya xalqi va respublika qurolli kuçlarining barça askar va ofitserlari nomidan samimiy tabrik yölladi», — deyiladi xabarda.
Kim Putinga Ukrainaga qarşi uruşda ğalaba tiladi
KMTA ma’lumotlariga köra, Kim «2024 yilning strategik ahamiyati, yangi darajadagi döstona munosabatlar sifatida an’anaviy Koreya-Rossiya munosabatlarini rivojlantirişga olib kelgan muhim yölni» eslatdi. U Putinga 2025 yil «XXI asrda Rossiya armiyasi va xalqi neonatsistlarni yengib, buyuk ğalaba qozonadigan uruşda ğalaba yili bölişini» tilagan.
Kreml saytida Kim Çen In Putinni yangi yil bilan tabriklagan davlat va hukumat rahbarlaridan biri sifatida qayd etilgan. Uşbu tabrikning aniq matni yöq. Kremldan tabrik telegrammalarini olganlar orasida Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Şryoder ham bor.
NYT: KXDR qöşinlarini Rossiyaga yuboriş ğoyasi Pxenyandan çiqqan
Şimoliy Koreya qöşinlarini Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga yuboriş ğoyasi Moskvadan emas, Pxenyandan çiqqan, deb yozadi The New York Times (NYT) 23 dekabr kuni öz manbalariga tayanib. Uning sözlariga köra, bu taşabbus Moskva va Pxenyan örtasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolangandan söng darhol paydo bölmagan. «AQŞ razvedka idoralari bu Rossiyaning emas, Şimoliy Koreyaning ğoyasi degan xulosaga keldi, garçi prezident Vladimir Putin buni tezda qabul qilgan bölsada», deb yozadi NYT.
Biroq, materialda ta’kidlanganidek, Şimoliy Koreya «yordam» evaziga «darhol heç narsa olmadi» va uning rahbari Kim Çen In hozirda Moskvadan kelajakda — texnologiya, diplomatik yordam körinişida minnatdorçilikka umid qilmoqda. Bu Ğarb bilan qarama-qarşilik va inqirozli vaziyatlarda RFning boşqa harakatlarini ham nazarda tutadi, deydi manbalar.












