Apreldan buyon ilk marta 6 mingdan kamroq holat
Operativ ştab ma'lumotiga köra, Rossiyada ötgan sutkada koronavirus infeksiyasi yuqtiriş bilan boğliq 5940ta yangi holat aniqlangan - bu oxirgi uç oy davomidagi eng past sutkalik körsatkiç hisoblanadi.
Bungaça 6 mingdan kam holat 29 aprelda qayd etilgandi – öşanda 5841ta holat haqida xabar qilingandi. Mamlakatda jami qayd etilgan holatlar soni 777 mingdan oşgan.
Ştabning ma'lumot berişiça, sutka davomida 85 kişi vafot etgan. Bunga qadar sutkalik ölimlar soni 100tadan kam bölmayotgandi.
Jami vafot etganlar soni 12427 nafarga yetgan. Pandemiya boşlanganidan buyon 553 mingdan ortiq kişi soğayib ketgan.
Zodagonlar vaksinasi
Bloomberg naşrining yozişiça, Rossiyaning bir qator kompaniyalari top-menejyerlari hamda davlat amaldorlariga Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi işlab çiqqan eksperimental vaksina apreldayoq taqdim etilgan.
Naşr milliarderlar va yirik kompaniyalar rahbarlari orasidagi manbalariga tayanmoqda. Uning eslatişiça, Rossiya koronavirusga qarşi vaksinani işlab çiqargan dunyodagi dastlabki mamlakatlardan biri bölişga urinmoqda.
Tadqiqotlar Rossiya töğridan-töğri investitsiyalar fondi tomonidan moliyalaştirilmoqda va harbiylar bilan hamkorlikda ötkazilmoqda. Ötgan haftada fond rahbari Kirill Dmitriyev Gamaleya nomidagi markaz işlab çiqqan vaksina sinovining ikkinçi bosqiçi 3 avgustda yakunlanişi, uçinçi bosqiç sinovlari esa nafaqat Rossiya, balki boşqa davlatlarda ham ötkazilişini ma'lum qildi.
Işbilarmon va siyosiy elita vakillari eksperimental vaksina dozasini olişga erişgan dastur qonuniy, ammo qatnaşişni istovçilar köpayib ketişining oldini oliş maqsadida sir tutilmoqda, degan uşbu sinovlar jarayonidan xabardor manba.
Uning sözlariga köra, gap bir neça yuz kişi haqida bormoqda. Bloomberg önlab holatlar tasdiqlanişiga erişgan, ammo heç kim öz ism-şarifi körsatilişiga ruxsat bermagan. Emlaş bepul amalga oşirilgan. Dmitriyev özi va oilasi tadqiqotlarda qatnaşganini aytgan. UC Rusal kompaniyasida köplab top-menejyerlar emlandi, deb ma'lumot bergan naşr manbalari.














