1 iyuldan özini özi band qilgan şaxslar uçun soliq organlariga taşrif buyurmasdan röyxatdan ötişning soddalaştirilgan tartibi tatbiq etildi. Buning uçun, SOLIQ mobil ilovasini yuklab olib, uning “Özini özi band qiliş” bölimidan foydalaniş kifoya.

DSQ matbuot xizmati xabariga köra, 2020 yil 30 iyul holatiga özini özi band qilganlarning umumiy soni 201 283 nafarni taşkil etdi. Hududlar kesimida yetakçi uçlik – Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlari.

Özini özi band qilganlar uçun mavjud bölgan 67 turdagi faoliyatdan Axborot kommunikatsiya yönalişi böyiça xizmatlar (ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy ta'minot, mobil ilovalar va veb saytlarnii işlab çiqiş, matnni yaratiş va işlov beriş) - 2 995 nafar şaxs özini özi band qilgan.

Eng ommabop – Maişiy xizmatlar (sartaroşlik, manikyur, kosmetolog, pedikyur, uyda kir yuviş va dazmollaş, kalitlar tayyorlaş, poyabzal tikiş, ta'mirlaş va böyaş xizmatlari). Mazkur yönalişda 54 932 nafar aholi band.

Qişloq xöjaligi yönalişi böyiça xizmatlar (çorva mollarini ötlatiş, ularni parvariş qiliş, qişloq xöjalik ösimliklarini ekiş va parvariş qilişda tomorqa egalariga yordam beriş) sohasida esa 42 947 nafar şaxs özini özi band qilgan.

Sanoat yönalişi böyiça xizmatlar (yoğoç me'morçiligi, santexnika xizmati, elektr montaj işlari, makulatura, plastik idiş, temir tersak töplaş va qöşimça xomaşyo töplaş) bilan 34 768 nafar şaxs şuğullanmoqda.

Ijtimoiy yönalişlar böyiça xizmatlar (uyda repetitorlik qiliş, bolalarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş, uy xöjaligini yuritiş, xonalarni tozalaş, xalq tabobati) sohasini 33 837 nafar şaxs ma'qul topgan.

Xalq iste'moli mollari işlab çiqariş va xizmatlar körsatişda (non, uyda pop-korn, muzqaymoq, salatlar, salqin içimliklar, ayron, göja hamda dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotiş) 31 788 nafar fuqaro röyxatdan ötdi.

Özini özi band qilişning afzalliklari haqida eslatib ötilgan:

mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlar jismoniy şaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;

bir yilda bir marta ijtimoiy soliq tölaş kifoya (2020 yil uçun eng kamida 111 500 söm);

özini özi band qilgan şaxslar uçun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi, iştirokçilari soni kamida uç nafar bölgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada tölaydilar.