COVID-19 inqirozidan ta'lim tizimi qanday çiqadi? Pandemiyadan söng ta'lim, xususan oliy ta'lim qaysi şaklda davom etadi? An'anaviy ta'lim saqlanib qoladimi yoki u töliğiça onlayn ta'limga transformatsiya böladimi? Bugun butun dunyodagi ta'lim taşkilotlari, xalqaro ekspertlar va nufuzli universitetlar ayni savollarga javob izlamoqda.

Samarqand davlat çet tillar instituti jamoasi ham yurtimizdagi boşqa oliy öquv yurtlari qatori pandemiya munosabati bilan yangi 2020/2021 öquv yilini taşkil etiş, joriy öquv yilining ikkinçi semestrida masofaviy ta'limni taşkil etiş böyiça orttirilgan tajriba va yöl qöyilgan kamçiliklardan xulosa çiqargan sifatli ta'limni yölga qöyiş uçun harakat qilmoqda.

 

Ilhomjon TÖXTASINOV,


Samarqand davlat çet tillari instituti rektori

2019/2020 öquv yili yakunida uni sarhisob qiliş, yangi öquv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilab olişda talabalar va ularning ota-onalarining fikrini örganişga harakat qilamiz. Ta'lim jarayonlarini taşkil etiş, malakali öqituvçilarni jalb qiliş, xorijiy tajriba almaşiş va şu kabi ta'lim sifatini belgilovçi omillar haqida, afsuski, sörovlar judayam kam.

Umuman, oliy ta'limda eng muhim masala nima? Ta'lim jarayonlarimi yoki vositalari? Bugun biz asosiy masaladan, uning mohiyatidan çalğib, yeçimi vaqt bilan boğliq bölgan ikkilamçi masalalar atrofida öralaşib qolayotgandekmiz.

Davlat fuqarolarning konstitutsiya bilan mustahkamlab qöyilgan bilim oliş huquqlarini kafolatlagan holda, majburiy bepul umumiy ta'lim bilan ta'minlagan. Yana milliardlab mablağ evaziga fanlar çuqurlaştirib öqitiladi yoki kasb-hunar örgatiladi. Oliy ta'lim oliş esa butun dunyoda majburiy emas, har kimning mustaqil qarori va şaxsiy tanlovi bilan boğliq. Lekin xalqimiz va Prezidentimiz talabi bilan oliy ta'limga qamrab oliş körsatkiçlari sönggi yillarda keskin ösib bormoqda.

Özbekiston oliy ta'limda bugungi kungaça asosiy investor – davlat, u jamiyat taraqqiyoti uçun zarur bölgan mutaxassislarni tayyorlaş uçun juda katta mablağ sarflaydi. Talabalar tölov-kontraktidan tuşadigan mablağlar professor-öqituvçilar va boşqa xarajatlarning bir qismini qoplaydi, xolos.

Bugun mediamakonda kontrakt masalasini kun tartibiga çiqarişga bölayotgan urinişlarni körib, beixtiyor hayron qolasan. Axir masofaviy ta'limning olib borilişi bilan kontrakt tölovlarini kamaytiriş evaziga yuzaga keladigan kamomadni qoplaş yoki yana budjet zimmasiga tuşadi-ku.