Durov AQShning TikTok’ga qarshi harakatlari internet uchun xavfli holat keltirib chiqarishini ma'lum qildi
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschilaridan biri Pavel Durov AQShda TikTok’ning taqiqlanishi ehtimoli hamda uning butun raqamli sanoat uchun oqibatlari haqida gapirdi.
Tadbirkor ushbu mavzu bo‘yicha katta postni o‘zining Telegram kanalida e'lon qildi.
Durovning aytishicha, u AQSh hukumati nega TikTok’ni taqiqlash bilan tahdid qilayotganini tushunadi. Sababi, uning Amerikadagi aktivlari amerikalik sarmoyadorlarga sotilishi kerak.
Xitoy ham o‘z hududida Xitoyda ishlab chiqilmagan va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan deyarli barcha ilovalarni taqiqlaydi.
«Nima uchun dunyoning qolgan qismi, shu jumladan AQSh ham xitoyliklarga o‘z bozoridan bepul foydalanishga ruxsat berishi kerak? Agar siz boshqa mamlakatlarning bozoriga kirishni xohlasangiz, ularga ham o‘z bozoringizni ochishingiz kerak - bu adolatli bo‘ladi», - dedi «VKontakte» asoschisi.
Biroq, uning fikriga ko‘ra, AQShning TikTok’ga qarshi xatti-harakatlari «oxiri internetni haqiqatan ham global tarmoq (yoki undan qolgan narsa) sifatida yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan xavfli holatni» keltirib chiqaradi. AQSh va TikTok epopeyasidan oldin faqat Eron, Xitoy yoki Rossiya kabi avtokratik mamlakatlar texnologik kompaniyalarni o‘z hukumatlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan investorlarga biznesning bir qismini sotishga majbur qilishgan. Masalan, Uber o‘zining Rossiya va Xitoydagi filiallarini mahalliy o‘yinchilarga sotishga majbur bo‘lgani ajablanarli emas, deb yozadi Durov.
«Uber’dan farqli o‘laroq, Telegram’da ba'zi mamlakatlarda o‘z operatsiyalarimizni sotish bo‘yicha takliflarni rad etib kelganimizdan faxrlanaman. Bir necha yil oldin keyinchalik Telegram’ni bloklab qo‘yishga uringan mamlakatlar bilan bog‘liq ikkita fonddan xat oldik.
Ikkala xatda ham bitta narsa bor edi: «Tez orada Telegram bizning mamlakatimizda bloklanadi, shuning uchun yagona variant - bu biznesingizning mahalliy qismini sotish». Mening ushbu takliflarga bo‘lgan munosabatim 2011 yilda o‘rta barmog‘im tasvirlangan fotosuratga o‘xshash edi: biz foydalanuvchilarimizga xiyonat qilish bilan shug‘ullanmaymiz. Biz Telegram’ni sotmaymiz, qisman ham, to‘liq ham. Bu har doim bizning pozitsiyamiz bo‘ladi», - dedi tadbirkor.
U TikTok ishi faqat avtoritar rejimlar tomonidan ilgari ishlatilgan tovlamachilik taktikalarining qonuniylashtirishini ta'kidladi.
«O‘nlab yillar davomida AQSh erkin savdo va so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ammo, endi Xitoy ularni global savdoning asosiy foyda oluvchisi sifatida almashtirishni boshladi, AQSh esa (yoki Tramp ma'muriyati) ushbu qadriyatlarga unchalik e'tibor bermayotganga o‘xshaydi. Bu afsuslanarli, sababi sayyoradagi milliardlab odamlar hali ham ochiq va o‘zaro bog‘liq dunyo g‘oyasini yaxshi ko‘radi», - deydi Durov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyodagi avtoritar rahbarlar TikTok bilan bog‘liq vaziyatdan global internetning katta qismini olishga urinishda bahona sifatida foydalanmoqda.
Durovning taxmin qilishicha, yaqin orada har bir yirik mamlakat xalqaro texnologik kompaniyalarini ajratib yuborish uchun milliy xavfsizlikdan bahona sifatida foydalanishi mumkin.
Ajablanarlisi shundaki, aynan Facebook yoki Google kabi Amerika kompaniyalari oqibatlardan eng ko‘p yo‘qotishga uchrashi mumkin.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024