Prezident “Özbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillaştiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillaştirişning quyidagi ustuvor yönalişlari belgilandi:

  • statistika organlarini talab yuqori bölgan, sifatli va işonçli ma'lumotlarni şakllantirişga, statistika ma'lumotlarining şaffofligi va oşkoraligini oşirişga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantiriş;
  • statistika sohasida yagona siyosatni amalga oşirişga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlaş orqali Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi huzuridagi Statistika kengaşining töliq faoliyat körsatişini ta'minlaş;
  • ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yiğiş, qayta işlaş, tahlil qiliş, naşr etiş va saqlaş böyiça yaxlit tizimni taşkil etiş;
  • rasmiy statistikani işlab çiqariş, tarqatiş va muvofiqlaştiriş maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qöllaniladigan uslubiy asoslar va boşqaruv tamoyillarini takomillaştiriş;
  • idoraviy ma'lumotlar bazalarini yagona ma'lumotlarni boşqariş tizimiga integratsiya qiliş orqali kuzatuvlarni bosqiçma-bosqiç optimallaştiriş va respondentlardan hisobot topşiriş yukini kamaytiriş, şuningdek, röyxatga oliş işlarini ötkaziş va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almaştiriş hisobiga statistikani şakllantiriş tizimini takomillaştiriş;
  • statistika ma'lumotlaridan foydalanuvçilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yölga qöyiş va mavjud statistika ma'lumotlari töğrisida jamoatçilikni xabardor qiliş orqali foydalanuvçilarning statistika axborotlariga bölgan işonçini oşiriş;
  • davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qöllab-quvvatlaşni yanada yaxşilaş, xodimlarning samarali işlaşi uçun munosib şart-şaroitlarni yaratiş, şuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilişi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqiçma-bosqiç maqbullaştiriş;
  • davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oşiriş, ilmiy tadqiqotlarni olib boriş hamda kelgusida amaliyotda qöllaş uçun ilğor statistika usullari va texnologiyalari, şu jumladan oçiq ma'lumotlar sohasida innovatsion işlanmalarni işlab çiqiş.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

  • Davlat statistika qömitasi rasmiy statistikani şakllantiriş bilan boğliq öz vakolatlarini barça davlat organlari va taşkilotlaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi;
  • statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, şu jumladan rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini ötkaziş hamda ularni naşr qiliş va e'lon qiliş jarayonlariga har qanday aralaşişga yöl qöyilmaydi;
  • Davlat statistika qömitasi tomonidan şakllantiriladigan statistika ma'lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e'lon qilinadi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar statistika boşqarmalari (keyingi örinlarda — hududiy boşqarmalar), şuningdek, tumanlar (şaharlar) statistika bölimlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Davlat statistika qömitasiga böysunadi;
  • hududiy boşqarmalar boşliqlari Davlat statistika qömitasi raisi tomonidan, tumanlar (şaharlar) statistika bölimlari boşliqlari hududiy boşqarmalar boşliqlarining taqdimnomasiga köra Davlat statistika qömitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Davlat statistika qömitasiga quyidagi huquqlar berildi:

  • boşqa rasmiy statistika işlab çiqaruvçilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan ötkaziş va audit natijalariga köra, vazirlik va idoralarga bajarilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş;
  • kuzatuvlarni ötkaziş, rasmiy statistika materiallarini şakllantiriş va tahlillarni amalga oşiriş maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan özaro elektron boğlaniş.

Bunda, vazirlik va idoralar rahbarlari Davlat statistika qömitasining öz vakolatlari doirasidagi söroviga muvofiq özlarining axborot tizimlariga kiriş va undan erkin foydalanişni ta'minlaş uçun şaxsan javobgardirlar.