YUNISEF O‘zbekistonda ota-onalar migratsiyasining bolalarga ta'siri haqidagi hisobotni taqdim etdi
YUNISEF O‘zbekistonda migratsiyaning bolalarga ta'sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Hisobotda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining xorijda qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, mamlakatda tashqi migratsiyaga nima sabab bo‘layotgani haqida ma'lumotlar keltirilgan.
«O‘zbekistonda tashqi migratsiya uchun asosiy sabab mamlakatda ish joylarining yetishmasligi emas, balki qoniqarli turmush darajasini ta'minlash uchun yetarli bo‘lmagan past darajadagi daromadlardir.
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining aksariyati (87 foiz) Rossiyaga yo‘l olib, ularning asosiy qismi u yerda 9 oydan ko‘proq vaqt davomida qolishadi. Janubiy Koreya, Turkiya va Qozog‘iston ham o‘zbekistonlik muhojirlar ish izlab yo‘l oladigan asosiy mamlakatlar sirasiga kiradi.
Aksariyat o‘zbekistonlik migrantlar o‘zlari borgan xorij mamlakatida kam haq to‘lanadigan ishlarni bajarishga majbur. Ularning aksariyati oliy ma'lumotga ega emas. Muhojirlarning asosiy qismi (40 foiz) qurilishda, 20 foizi sanoatda, qolganlari (40 foiz) umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qiladi», deyiladi hisobotda.
Hisobotda mehnat muhojirlarining oilalari qoniqarsiz sharoitlarda yashashga majbur bo‘lib, hayotiy zarur xarajatlar uchun pul o‘tkazmalariga qarab qolishgani qayd etilgan.
«Ko‘plab muhojir oilalarning (45 foiz) kamida ikki nafar farzandi vasiylar qaramog‘ida qolishadi. Ushbu bolalarning deyarli 63 foizi onalari bilan yashaydi, chunki muhojir otalar ko‘proq ishlab, oilalariga ko‘proq pul yuborishadi.
Aksariyat oilalar (84 foiz) dori-darmon, ta'lim olish, yaxshi ovqatlanish va turar-joy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan pul o‘tkazmalariga suyanib qolishgan. Tadqiqotda qatnashgan migrantlar oilalarning yarmida xarajatlar ko‘rsatkichi daromadlar hajmidan ancha yuqoridir. Ko‘pgina oilalar barqaror daromad olishning boshqa manbalariga ega bo‘lmay, ularning yarmi ish bilan mutlaqo ta'minlanmagan.
Mehnat muhojirlarining oilalari qoniqarsiz sharoitlarda yashashga majbur. So‘rovda qatnashgan oilalarning faqat 19 foizi markaziy isitish tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning yarmi ichimlik suvi bilan ta'minlangan», deyilgan hujjatda.
Mavzuga oid
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52 / 15.11.2024
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19 / 15.11.2024