Minskda Aleksandr Lukaşenkoga qarşi yangi aksiya ötkazildi. RT va Belteleradiokompaniya ma'lumotlarida unda 20 ming kişi iştirok etgan, «Meduza» bahosiga köra esa — 150 ming kişi (bir hafta oldingi Belarus tarixidagi eng yirik aksiyada Minskning 200 ming aholisi qatnaşgandi). Namoyişçilar Mustaqillik maydonida yiğila boşlaşdi, keyin «Minsk — qahramon-şahar» yodgorligi tomon yurişdi. Memorial tikanli simlar ortida joylaşgan harbiy xizmatçilar bilan örab olingandi: Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin armiya Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari xotirasi uçun örnatilgan yodgorlikni qöriqlaşini ma'lum qilgandi. Aksiyaning ayrim iştirokçilari soldatlarga yaqin kelişdi, ammo Viktor Babarikoning ştabi vakili Mariya Kolesnikova va Svetlana Tixanovskayaning işonçli vakili Olga Kovalkova ulardan ortga qaytişni söraşdi.

Fotografii: Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Namoyişçilar qarşisida muxolifatçilarning muvofiqlaştiriş kengaşi a'zolari çiqiş qilişdi. Ular Belarus parlamentining quyi palatasi va mahalliy kengaşlarning mamlakatda röy berayotgan voqealarga munosabat bildirmagan deputatlarining barçasining muddatini tugatiş, şuningdek, referendum orqali 1994 yilgi konstitutsiyani qaytariş (unga köra prezidentlik muhlati çeklanadi) rejalari haqida ma'lum qilişdi.

Fotografii: Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Namoyişçilarning bir qismi Mustaqillik saroyiga — Aleksandr Lukaşenkoning işçi qarorgohiga yetib borişdi. Telegramdagi Nexta kanali ularni şunga çorladi. Ammo qarorgoh tomon yaqinlaşgan bir neça ming kişi IIV xodimlari va maxsus texnikalardan iborat halqa tomonidan töxtatildi. Namoyişçilar va harbiylar örtasida musiqaçilar qöşiq aytişdi, namoyişçilar ularga jör bölişdi. Bu vaqtda Minskda internet faoliyatida muammolar kuzatila boşladi (A1 operatori buni «davlat organlarining milliy xavfsizlikni ta'minlaş» bilan boğliq talabi sifatida izohladi). Taxminan bir soat vaqt ötib namoyişçilar şahar markaziga qaytişdi va keyin asta-sekinlik bilan tarqala boşlaşdi. Şundan söng qarorgoh atrofidagi halqa ham yeçildi, namoyişçilarni qölga oliş holatlari kuzatilmadi.

Fotografii: Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Mustaqillik saroyiga vertolyotda Lukaşenkoning özi taşrif buyurdi. Internetda u qölida avtomat kötargan holda tasvirlangan videolar tarqaldi. Namoyişçilar Mustaqillik saroyi atrofida turişganida hudud yaqiniga prezident vertolyoti qöndi. OAV va muxolifatçi telegram-kanallar uşbu vertolyot Lukaşenkoni evakuatsiya qiliş uçun kelganini taxmin qila boşlaşdi. Ammo keyinroq, namoyişçilar tarqagaç, prezident matbuot xizmatiga yaqin bölgan «Pul Pervogo» kanali Lukaşenko uşbu vertolyotdan çiqib kelayotgani tasvirlangan videoni namoyiş etdi. Uşbu kanalda e'lon qilingan ikkinçi videoda esa Lukaşenko bronejilet taqqan, qölida avtomat kötargan («Novoy gazeta» talqiniga köra, bu AKS-74U bölgan) holda namoyon böldi. Uning yonida harbiy libosdagi öğli Nikolay ham bor edi.

Prezident matbuot xizmati Lukaşenko tasvirlangan yana bir neça videoni namoyiş etdi. Ulardan birida prezident namoyişçilarni kalamuşlarga tenglaştirgan. Videoda Lukaşenko vertolyotda ötirib, namoyişçilar harakatini kuzatayotgani tasvirlangan. U vertolyot namoyişçilar töplangan Ğoliblar prospektiga qarab şunday deydi: «Kalamuşdek qoçişyapti». Kadr ortida şunday muloqot davom etadi: «Ular qayerda?» — «Qoçişdi. Ular sen borayotganingni bilişdi». Bundan biliş mumkinki prezident öğli Nikolay Lukaşenko bilan gaplaşgan.

«Pul Pervogo» tarqatgan yana bir videoda Lukaşenko Mustaqillik saroyi atrofini örab turgan harbiylar oldiga borib, ularga minnatdorçilik bildiradi. «Yigitlar, rahmat sizlarga! Ajoyibsizlar! Biz ular bilan şuğullanamiz», — deydi Lukaşenko. «Biz oxirigaça siz bilanmiz», — deya javob qaytaradi harbiylar.

Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont namoyişçilar Mustaqillik saroyini qamal qilmoqçi bölişgani, ammo ular qörqib ketib qoçib qolişgani haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, Lukaşenko kun davomida Mustaqillik saroyidagi markazda işlagan; uning yonida 15 yoşli öğli Nikolay bölgan. «Mitingçilar deyilayotgan odamlar kelişganida va öziga xos qamal uçun harakat boşlaşganida davlat rahbari ham bino içida edi. Keyin, aytiş mumkinki, mitingçilarning jasorati uzoqqa bormadi. Nima bölişi mumkinligini körişgaç, bu odamlar darhol ortga burilişdi va qoça boşlaşdi», — degan Eysmont. U şundan söng Lukaşenko vertolyot çaqirgani va şaharni aylangani, keyin Mustaqillik saroyiga qaytib, binoni qöriqlagan xavfsizlik xizmati xodimlariga minnatdorçilik  bildirganini qöşimça qilgan.

Nazvaniye

Norozilik aksiyalari va namoyişçilar bilan birdamlik aksiyalari Minskdan taşqarida ham davom etdi. Belarusning turli hududlarida minglab kişilar köçalarga çiqişdi: Brest, Vitebsk, Mogilyov, Grodno va Gomelda. Şuningdek, Kiyev, Varşava, Peterburg va Moskvada ham belaruslar bilan birdamlikni namoyişlari ötkazildi. Riga aholisi Belarusdagi namoyişlarni qöllab-quvvatlaş uçun oq-qizil-oq rangdagi bayroqlardan jonli zanjir hosil qilişdi; aksiyada Latviya prezidenti Egils Levits ham qatnaşdi. Litvada minglab kişilar Vilnyusdan Belarus çegarasigaça saf tortişdi; ularga Litvaning sobiq prezidenti Dalya Gribauskayte ham qöşildi.

Ins Kalniņš / Reuters / Scanpix / LETA

Bu Belarusda namoyişlarning 15-kuni böldi. Namoyişlar prezidentlik saylovlarida ovoz beriş yakunlanişi bilanoq, 9 avgust kuni keçqurun boşlangandi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, özi uçun oltinçisi bölgan saylovda Aleksandr Lukaşenko 80 foiz ovoz töplab, ğolib bölgan, ammo bu ma'lumotga deyarli heç kim işonmadi. Namoyişlarning dastlabki kunlarida kuç işlatar tuzilmalar namoyişçilarni şafqatsizlik bilan tarqatişdi. Yetti mingga yaqin kişi qölga olindi — nafaqat namoyişçilar, balki tasodifiy yölovçilar ham. Bir neça yuz kişi kuç işlatilişi oqibatida jarohatlandi, köplar qölga olinganidan keyin izolyatorlarda qiynoqqa solindi. Ötgan vaqt davomida Belarusning turli hududlarida namoyişlarda qatnaşgan 6 kişi halok bölgani ma'lum. Maxsus xizmatlarning zöravonligi namoyişlarni faqatgina kuçaytirdi, şundan söng militsiya kuç işlatişni töxtatdi, Belarus içki işlar vaziri esa «xatolik bilan qölga olinganlar»dan uzr söradi. Aleksandr Lukaşenko esa namoyişçilarning saylovlarni qaytadan ötkaziş haqidagi talablarini keskin rad etmoqda va namoyişlarni Ğarb davlatlarining Belarusni «tiz çöktiriş»ga va hokimiyatni almaştiriş orqali uşbu davlatni Rossiya bilan uriştirişga urinişi deb baholamoqda.