Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko siyosiy mahbuslar, jumladan Mariya Kolesnikovaning afv etiş haqidagi iltimoslarini körib çiqişga tayyor. Bu haqda u Qozondagi BRIKS sammiti çoğida BBC muxbiri Stiven Rozenbergga bergan intervyusida aytib ötdi. Suhbatdan parçalarni Lukaşenko matbuot xizmati 23 oktyabr, çorşanba kuni taqdim etdi.
«Bizda qonun bor: kişi öz aybini anglab, (köplab boşqa mamlakatlarda bölgani kabi) keçirim sörab, prezidentga murojaat qilsa, buni körib çiqamiz. Kolesnikova bilan ham şunday», — dedi Lukaşenko. Şu bilan birga, u Rozenberg nima uçun unga Kolesnikova haqida savol berganiga hayron böldi, Lukaşenkoning sözlariga köra, «agar u yerda million kişi ötirgan bölsa, u yerda hamma odamlar bir xil».
Jurnalistning eslatişiça, siyosiy mahbus koloniyada izolyatsiya qilingan va hatto oila a’zolariga ham uni körişga ruxsat berilmagan. Bunga javoban Lukaşenko Kolesnikovaning otasi «ruxsat söraganida» u bilan körişişga ruxsat berganini va agar boşqa qarindoşlari va döstlari Kolesnikova oldiga borişni istasa va buni sörasa, bu iltimos körib çiqilişini aytdi. Biroq, faolning oilasi, uning fikriça, u bilan uçraşişni istamaydi.
Belarus rahbari, şuningdek, bir neça kun oldin boş prokuror Andrey Şved boşçiligidagi komissiyaga axloq tuzatiş organlari bilan birgalikda siyosiy ayblovlar bilan sudlanganlar işini örganiş topşirilganini aytdi. Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, u «tartibni tuşungan va uni buzmagan, özini munosib tutgan» odamlarga nisbatan afv etiş masalalarini körib çiqişga moyil.
Belarusda muxolifatçilarga qarşi yangi yirik iş oçildi
Belarus Tergov qömitasi (TQ) mamlakat rahbari Aleksandr Lukaşenkoning muxoliflariga qarşi yangi yirik jinoiy iş qözğatdi. Unda 45 kişi iştirok etyapti, ularning mol-mulki xatlovga olindi, deya xabar qildi Tergov qömitasi matbuot xizmati 8 oktyabr kuni ertalab.
Iş avgust oyida Vilnyusda bölib ötgan «Yangi Belarus» konferensiyasida Belarus demokratik kuçlari tomonidan qabul qilingan «Platforma 2025» hujjati yuzasidan qözğatilgan. Unda aytilişiça, Lukaşenko «jinoiy ravişda hokimiyatni saqlab qoldi», Belarus davlat tuzilmalari saylovlar ötkaziş uçun qonuniy emas va «Platforma 2025»ning asosiy vazifalari «siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va Belarusdagi repressiyalarni tugatiş böyiça sa’y-harakatlarni birlaştiriş»dir.
Belarus Tergov qömitasi işda qatnaşayotganlarni «2025 yilgi saylovlarni buziş rejasini işlab çiqişga urinişda» ayblamoqda. «Platforma 2025» konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş, içki işlarga çetdan aralaşiş, mamlakatimizning milliy manfaatlariga zid siyosiy yönalişni joriy etiş, axborotga buzğunçi ta’sir körsatiş, saylovoldi taşviqotini obrösizlantiriş yoki buziş, keskinlik va qarama-qarşilikni kuçaytiriş maqsadida yaratilgan», deb da’vo qilmoqda tergov.









