Ba'zi kişilarga nisbatan, «Şu odamning qandaydir siri bor, suroni bosadi», deyişadi. Şoirlar içida ham ana şunday sirli şaxslar böladi. Ularga röpara kelganingda özingni yiğiştirişga, gaplaringni taroziga solib söylaşga, xullas, jiddiyroq körinişga beixtiyor urinasan. Bu jihat mazkur odamning kelbati, sahti-sumbati bilangina boğliq emas.

Xöp, Şavkat Rahmonning siri, salobati nimada edi?

* * *

Ustoz Şavkat Rahmonni birinçi marta 1988 yil avgust oyida «Dörmon»da ötkazilgan yoş ijodkorlar seminarida körganman. Omadim çopib, u kişi rahbarlik qilgan guruhga tuşib qolibman. Omadimga bir quvonsam, çiğiriqdan ötamanmi-yöqmi deb ön qayğuraman. Seminarda Şavkat akadan taşqari Omon Matjon, Usmon Azim, Xurşid Davron, rahmatli Azim Suyun va yana köplab şe'riyat yulduzlari iştirok etgandi. Hozir nom çiqargan tengdoşlarimning aksari öşanda kaşf etilgan. Ayniqsa, döstimiz Ğulom Mirzoning öynoqi va öziga xos latif şe'rlari toza şov-şuv bölgandi.  

Men özimça uslubiy tajribalar qilib, goh Muhammad akalarga, goh yapon xoykulariga taqlidan maşqda yurgan paytlarim edi. Lekin men eng original şoir deb, albatta, Şavkat Rahmonni tan olardim. Oçiğini aytsam, uning tuğyoni baland, qofiyalari çiyralgan şe'rlariga öxşatib yozişni xayolimga keltirolmasdim. Şoir sözlarining keskirligi, qirradorligi, milliyligi menda havas uyğotgani aniq.

Tobora tuşlarim qiziq tus olar,

Tobora qisqarar quş tuşlariday.

Köpinça uçaman, uzoq uçaman

Şundoq teraklarning uç-uçlarida...

Şu bilan birga, jasorat balqib turgan ruhi butun şe'r egasining ğoyibona salobatini ham his qilib turardim.

Qur'a e'lon qilinib, guruhlar ajralgaç, birdan könglimda Şavkat Rahmondek uluğ şoir mening ramaqijon bitiklarimga qanday munosabat bildirar ekan, harholda, taqlidimni ilğab qolib, «Siz, bolajon, yaxşisi, boşqa yumuş payida böling, dard ham, darmon ham yöq», devorsa-çi, degan hadik boş kötardi. Farğonada kursdoşlarim bilan «eng urfdagi şoir» deb Şavkat Rahmonni bilardik, «Uyğoq toğlar» kitobini aksarimiz yod olgandik. Toşkentga yölga çiqayotganimda köpçilik qizlar ustozdan dastxat olib keling, deb kitoblaridan bervorişgandi.

Öşa davrda şoirlar bugungi blogerlar vazifasini ham ötab, turli ijtimoiy muammolarni kötarib çiqardi. Hozir şe'riyat qançalik «öz köngli»ga kirib ketgan bölsa, unda köngilga uradigan darajada bozorbop mavzular qofiyaga solinardi. Töğri, u şe'rlarning köpçiligi bugun öqilmaydi, eslanmaydi ham. Lekin iste'dod («Bir ming bir yuz bir şoir» şe'rida uqtirilganidek) har qanday muhitda ham ölmas asarlarini yozaverar ekan.