Jamiyat | 18:08 / 16.09.2020
34381
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Buyrakda toshlar paydo bo‘lishining oldini qanday olish mumkin?

Bugungi kunda shifokorlar, ilgari katta yoshli avlodga xos bo‘lgan, ko‘plab kasalliklarning «yosharish» muammosi bilan to‘qnashmoqdalar. Insonlarni, yoshidan qat'i nazar shikastlaydigan ko‘plab kasalliklarning sababi noqulay ekologik muhit, stress holatlari va irsiyatning yomonlashuvi ekanligini qayd etishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday kasalliklar qatoriga buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari – siydik tosh kasalligi, buyraklar va siydik yo‘llarining yallig‘lanishlari (sistitlar, piyelonefritlar) va boshqalar kiradi.

Siydik tosh kasalligi haqida suhbatlashamiz. Bu qanday kasallik?

Siydik tosh kasalligi – bu buyrak va siydik chiqarish tizimining boshqa organlarida toshlar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdir. Kasallik bolalardan qariyalargacha bo‘lgan turli xil yoshdagi odamlarda uchraydi.

Nima uchun toshlar paydo bo‘ladi? Kasallikning asosiy mexanizmi tug‘ma – modda almashinuvining birozgina buzilishi bo‘lib, u toshlarni shakllantiruvchi erimaydigan tuzlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Biroq, Sizda siydik tosh kasalligiga tug‘ma moyilligingiz bo‘lsa ham, quyidagi turtki bo‘luvchi omillar bo‘lmasa, u rivojlanmaydi.

  • Iqlim omili. Agar Siz issiq iqlim sharoitida yashasangiz, Siz ko‘p terlaysiz. Natijada tanadagi ba'zi tuzlarning konsentratsiyasi oshadi, va toshlar paydo bo‘lishni boshlashi mumkin.
  • Geografik omil. Bunda suvning tarkibi muhim rol o‘ynaydi (tarkibida kalsiy tuzlari ko‘p bo‘lgan qattiq suv urolitiaz yuzaga kelishiga imkon yaratadi), oziq-ovqat (achchiq va nordon ovqat siydikning kislotaliligini oshiradi, buning oqibatida toshlar osonroq hosil bo‘ladi).
  • Oziq-ovqatlarda vitaminlarning va ultrabinafsha nurlarining doimiy yetishmasligi tosh hosil bo‘lishiga yordam beradi va boshqalar.

Ammo keling, bir o‘ylab ko‘raylik, o‘z tanamizga yordam bera olamizmi? Biz nimalarga ta'sir o‘tkaza olamiz?

Haqiqatga tik qaragan holda, har birimiz ekologiyaga, irsiyatga va stresslarning miqdoriga alohida ta'sir o‘tkaza olmasligimizni tan olishimizga to‘g‘ri keladi! Ammo oldini olish... Bu umuman boshqa masala! Shifokor tomonidan qo‘yilgan tashxis – hukm emas, balki o‘zingizning sog‘lig‘ingiz va turmush tarzingizga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish uchun qo‘llanma. Endi ciz tuz, ziravorlar va spirtli ichimliklarni iste'mol qilishga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishingiz kerak. Agar peshobda erimaydigan tuzlarning («qumning») to‘planganligi aniqlansa, shifokor cizga maxsus terapevtik parhezni tavsiya qiladi. Ammo, shunga qaramay, kasallik alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lsa – davolanmasdan iloj yo‘q.

Faol foydalaniladigan sintetik dori vositalari bilan bir qatorda dorivor o‘simliklar bilan davolash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, ular davolash natijalarini yaxshilaydi, organizmga  ohista va muvozanatli ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, zamonaviy dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari haqida gap ketganda, bu yerda, hamma narsa tuproq, o‘simliklarning sifati, ularni yig‘ishning eng maqbul vaqtini tanlash va turli xil tarkibiy qismlarining nisbatlarini aniqlashdan boshlab, ekstraktning o‘zini ishlab chiqarishgacha standartlashtirilgan.

Bu dorivor o‘simliklardan tayyorlangan Kanefron® N (Bionorika Se, Germaniya) dori vositasidir. Kanefron® N dori vositasining og‘riq qoldiruvchi, peshob haydovchi va yallig‘lanishga qarshi ta'siriga siydik tosh kasalligida, shu jumladan o‘tkir davrida ham talab katta. Dori vositasi, shuningdek, mikrobga qarshi ta'sirga ega, shuning uchun u buyrak va qovuqdagi yallig‘lanish jarayonlarida (piyelonefrit, sistit) ham tavsiya etiladi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, Kanefron® N dori vositasining xavfsizligi va samaradorligi ko‘p yillik klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.

Siydik tosh kasalligining oldini olish

Yuqorida aytib o‘tilganidek, kasallik rivojlanishining asosiy sababi modda almashinuvining tug‘ma buzilishidir. Shuning uchun, agar Sizning ko‘pchilik qarindoshlaringiz ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bo‘lsalar, unda tosh paydo bo‘lishining oldini olish uchun o‘zingizga e'tiborli bo‘lishingiz, to‘g‘ri suv ichish tartibiga rioya qilishingiz, parhez qilishingiz va Kanefron® N dori vositasini yiliga 2 marta qabul qilganingiz yaxshidir. Bel sohasida ozgina yoqimsizlik hissi paydo bo‘lsa, darhol urologga murojaat qiling.

Buyraklaringizni tuzlar va toshlardan ehtiyot qiling!

Mahsulot sertifikatlangan.

Tarkibi: tillabosh o‘ti, dorivor lyubistok ildizi, rozmarin barglari. 

Kanefron N tabletkalari Ro‘yxatga olish guvohnomasi DV/X 06496/07/19.

Kanefron N ichga qabul qilish uchun eritma Ro‘yxatga olish guvohnomasi DV/X 06495/07/19.

Ishlab chiqaruvchi Bionorika Se (Germaniya).

Dori vositasini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish yoki mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid