Jamiyat | 09:00 / 01.05.2020
88831
6 daqiqa o‘qiladi

Kanefron – sistitdagi og‘ir muammosining yengil yechimi

Ayollarda sistit odatda surunkali kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikka beparvolik bilan munosabatda bo‘lish, shifokor bilan maslahatlashmasdan o‘z-o‘zini davolash va sistit uchun tahlillarni o‘tkazish ayollar tanosil a'zolari tizimining yanada jiddiy kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Afsuski, aslida ko‘p hollarda shunday bo‘ladi. To‘satdan, ayol qorinning pastki qismida va bel sohasida achchiq o‘tkir og‘riqlar, siyish paytida noqulaylik va achishishni his qila boshlaydi. Tsistit vaqtida hojatxonaga tez-tez borish istagi, peshob chiqarish jarayonining og‘riqli kechishi kuzatiladi, shu tufayli harakatlanishlarni cheklashga to‘g‘ri keladi. 

Biroq, ayol shifokor huzuriga borishga shoshilmaydi. Axir, urolog qabuliga kirish, ayniqsa shoshilinch tarzda, unchalik oson ish emas. Buning ustiga yana boshqa muhim ishlar – oila, ish, doimiy tashvishlar mavjud va shifokorga borish uchun biror kunni ajratish bajarib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi.

Shuning uchun ayol uchun ishonchli javob topish zarur – sistit vaqtida qanday dorilarni qabul qilish yaxshiroq va sistitni qanday oson yo‘l bilan yengish mumkin? Dorixonalarda siydik tizimining yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan bir qator dori preparatlari mavjud.

Albatta, sistit vaqtida tabletkalarni o‘zboshimchalik bilan ichish xavfli ekanligini tushunish kerak. Shifokor maslahatisiz, sistitni keltirib chiqaradigan sabablarni va kasallikning qanday muayyan shakli bilan kasallanganligimizni aniqlashning imkoni yo‘q. Tsistit asoratsiz, ma'lum sabablar bilan birga keladigan alohida kasallik bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u ayol jinsiy tizimi a'zolari, buyraklarida yallig‘lanish jarayoni yoki jinsiy va siydik yo‘llarining turli xil infeksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab patologiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Tsistit kasalligi  uchun dori preparatlari

Yaqin o‘tmishda sistit kelib chiqishiga ko‘ra bakterial bo‘lgan patologiya deb hisoblanmagan. Shu sababli sistit vaqtida davolash tarkibiga antibakterial ta'sirga ega dori preparatlari kiritilmagan. Ayollar qovug‘ yallig‘lanishini dorivor o‘tlar to‘plami va parhez bilan davolashgan. Gigiyena rejimiga rioya qilinganda kasallikdan xalos bo‘lishga ko‘pincha tez va hech qanday muammosiz erishilgan.

Afsuski, zamonaviy olamda o‘tkir davrdagi sistit kamdan-kam hollarda oxirigacha davolanadi, bu kasallikning yuqumli asoratlar bilan surunkali shakliga o‘tishiga imkon yaratadi. Bunday holda, endi sistitni antibiotiklarsiz davolashning imkoni bo‘lmaydi. Ammo shuni esda tutish kerakki, antibiotiklar har doim foydalanish bo‘yicha qarshi xususiyatlarga ega va bir qator nojo‘ya ta'sirga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan dori preparatlaridir. Tsistitni davolash uchun antibiotiklarni qabul qilishni boshlashdan oldin, infeksion vositani (agent) aniqlash uchun peshob tahlilini o‘tkazish, shuningdek, ushbu bakterial shtammning turli xil antibiotiklarga chidamliligini, shuningdek, ularga nisbatan sezgirligini tekshirish tavsiya etiladi.

Antibiotik bilan davolashdan so‘ng, qo‘zg‘atuvchilar (patogenlar) yo‘qligini nazorat qilish uchun siydikni bakteriologik ekish uchun topshirishni takrorlash kerak.

Tsistitni davolash uchun ko‘pincha o‘simlik preparatlari qo‘llaniladi. Tsistit vaqtida asoratsiz yuqumli genezis bo‘lmagan holatlarda, ayol jinsiy tizimining kasalliklari bilan og‘irlashmagan hollarda o‘simlik preparatlari bilan davolash sezilarli ijobiy samara beradi.

Kanefron – bu 3ta o‘simlikning eksraktlariga asoslangan dori preparatidir: tillabosh, rozmarin va dorivor lyubistok. Kompleks tarkibida Kanefron® N ning faol moddalari buyraklarga (piyelonefritda) va siydik yo‘llariga (sistitda) maqbul davolovchi ta'sir ko‘rsatadi – peshob haydovchi, spazmalitik (tinchlantiruvchi), yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, buyrak faoliyatini yaxshilaydi, siydik toshlari paydo bo‘lishining oldini oladi, shuningdek, surunkali kasalliklar kuchayishining takrorlanishini samarali profilaktika qilinishini ta'minlaydi.

Kanefron silliq mushaklarning bo‘shashishiga faol yordam beradi va shu bilan peshob haydash tizimi kasalliklarida o‘tkir og‘riqni yengillashtiradi. Shuningdek, u mikroblarga qarshi ta'sirga ega, antibiotiklarni qo‘llash samaradorligini oshiradi.

Preparatni monoterapiyada (asoratlanmagan sistitda), shuningdek antibiotiklar bilan birgalikda (og‘ir shakldagi sistit va peshob haydash yo‘llarining boshqa infeksiyalarida) qo‘llash mumkin.

Hurmatli ayollar! O‘z sog‘ligingiz haqida qayg‘uring!

Mahsulot sertifikatlangan.

Tarkibi: Tillabosh o‘ti, dorivor lyubistok ildizi, rozmarin barglari.

Ishlab chiqaruvchi Bionorika Se, Germaniya.

DV/X 06495/07/19 (Kanefron, ichish uchun eritma) qayd etish guvohnomasi.

DV/X 06496/07/19 (Kanefron, tabletkalar) qayd etish guvohnomasi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qo‘llashdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish yoki mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid