Özbekiston davlat konservatoriyasi hamda Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegişli ta'lim yönalişlari negizida Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san'ati instituti taşkil etilgan. U maqom ijroçiligi, baxşiçilik va katta aşula yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlovçi tayanç oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
 
Norma’ning yozişiça, institutga Özbekiston davlat konservatoriyasidan ötkaziladigan ta'lim yönalişlari (mutaxassisliklar) röyxati tasdiqlandi.

Bakalavriat yönalişi böyiça:

  • 5111000 – Professional ta'lim;
  • 5150602 – Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik;
  • 5150716 – Çolğu ijroçiligi: an'anaviy çolğular;
  • 5150201 – San'atşunoslik: musiqaşunoslik;

magistratura yönalişi böyiça:

  • 5A150202 – Musiqa san'ati;
  • 5A150601 – Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik; 
  • 5A150702 – Çolğu ijroçiligi: an'anaviy çolğular;

Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutidan bakalavriat yönalişi böyiça:

  • 5151606 – Xalq ijodiyoti: baxşiçilik va dostonçilik.

Institut budjet taşkilotining barça tegişli atributlari bilan birga yuridik şaxs maqomiga ega bölib, Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan böysunadi. Institutda öquv jarayoni ötkaziladigan mutaxassisliklar böyiça 2020/2021 öquv yilidanoq boşlanadi.
 
Bir qança xalqaro ta'lim standartlari hamda öquv dasturlariga muvofiq, 2021/2022 öquv yilidan boşlab ta'limning kredit-modul tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
 
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilangan:

  • madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib çiqib maqom ijroçiligi va baxşiçilik san'ati böyiça yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan şuğullanişlari uçun keng imkoniyatlar yaratiş;
  • maqom ijroçiligi va baxşiçilik san'ati böyiça fundamental, amaliy va ijodiy izlaniş hamda tadqiqotlar olib boriş, sohada şakllangan ijodiy maktablarning öziga xos ijro uslublari va an'analarini qayta tiklaş va rivojlantiriş;
  • milliy musiqa san'ati va xalq ijodiyoti yönalişlarida xorijiy ta'lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş, özaro tajriba almaşiş, qöşma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
  • öquv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta'minlaş maqsadida madaniyat muassasalari va badiiy jamoalar bilan talabalar amaliyotini taşkil etiş, bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaş böyiça maqsadli hamkorlikni yölga qöyiş.

Qaror bilan Institutni moliyalaştiriş manbalari belgilandi:

  • Özbekiston Davlat budjeti;
  • Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlovlar natijalari böyiça ajratiladigan grantlar;
  • xöjalik faoliyatidan va şartnoma asosida körsatilgan xizmatlardan tuşadigan mablağlar;
  • ta'lim xizmatlari körsatişdan, ilmiy-öquv, öquv-metodik, ilmiy-ijodiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni işlab çiqişdan, konsert-tomoşa va boşqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Qaror bilan professor-öqituvçilar tarkibi uçun bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan.
 
Madaniyat vazirligiga yangi Institutning Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Mustaqillik şoh köçasi, 31-uy manzilidagi Özbekiston davlat konservatoriyasiga tegişli bölgan binoga joylaştirilişini ta'minlaş vazifasi topşirildi.
 
Hujjat 3.09.2020 yildan kuçga kirgan.