Joriy yil boşidan (yanvar-avgust oylarida) inflatsiya darajasi 4,8 foizni taşkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada sekinlaşiş kuzatildi (8,2 foiz).
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi şarhida aytilişiça, avgust oyida yillik inflatsiya darajasi 2017 yilning may oyidan beri özining eng past darajasiga erişib, 11,7 foizni (2019 yilda 16,5 foiz) taşkil etdi.
2020 yil boşidan iste'mol narxlar indeksining ösişi mö'tadil bölib, örganilayotgan davrda iste'mol narxlarining umumiy ösişida nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar uluşining sezilarli pasayişi, oziq-ovqat mahsulotlari uluşining esa sezilarli darajada ösişi kuzatildi.
2020 yilda içki bozordagi narxlar oziq-ovqat mahsulotlari va birlamçi ehtiyoj tovarlariga bölgan yuqori talab darajasi, aprel oyidagi sömning devalvatsiyasi hamda meva va sabzavotlar narxlarining ötgan yillarga nisbatan unçalik yuqori bölmagan mavsumiy pasayişi kabi omillar ta'sirida şakllandi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari ösişining sekinlaşuvi esa, aksinça narxlar umumiy ösişini jilovlovçi xususiyatga ega bölib, uşbu holat, eng avvalo, karantin davrida iqtisodiy faollikning pasayişi bilan izohlanadi.
Joriy yilning avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlar narxlari ösişi örtaça 0,3 foiz (2019 yil avgust oyida 2,3 foiz) darajasida şakllandi. Bundan taşqari, aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining 3,3 foizga keskin ösişiga qaramasdan (2018 va 2019 yillarning mos davrida 1,0 va 0,3 foiz), joriy yilning 8 oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari böyiça inflatsiya darajasi 5,2 foizni (2019 yilning 8 oyida 7,0 foiz), yillik hisobda esa 16,7 foizni (19,7 foiz) taşkil etdi.
2020 yilning avgust oyida kuzatilgan oziq-ovqat narxlarining yillik ösişi umumiy inflatsiya darajasi va ötgan yilning şu davridagi körsatkiçlarga nisbatan yuqori böldi. Şu bilan birga, meva-sabzavotlarning yillik inflatsiya darajasiga ta'siri kamayib, eng yuqori narx ösiş sur'atlari göşt mahsulotlarida kuzatildi (yillik hisobda 18,2 foiz). Bundan taşqari, Qozoğistonda buğdoy hosilining pasayişi tegişli tovar guruhlari böyiça narxlarning ösişi va joriy yil yanvar-avgust oylarida import qilinadigan buğdoy uni hajmlarining ötgan yilning mos davriga nisbatan 113 ming tonnaga (-35 foiz) kamayişida öz aksini topdi. Şuningdek, aprel oyidan keyin buğdoy importining ösişi kuzatildi.












