2024 yil oktyabr oyi yakuniga köra, Özbekistonda 0,84 foizlik rekord darajada past inflatsiya kuzatildi.
Statistika agentligi xabariga köra, yillik inflatsiya (2023 yilning oktyabriga nisbatan) 10,24 foizgaça pasaydi (bir oy avval bu körsatkiç 10,46 foiz edi), yil boşidan beri esa (yanvar-oktyabrda) narxlar örtaça 7,67 foizga oşdi.
Ötgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1,1 foizga oşdi (yillik hisobda 2,4 foizga). Nooziq-ovqat tovarlari 0,7 foizga (8,1 foiz), pulli xizmatlar narxlari 0,8 foizga (28,7 foiz) qimmatladi.
Göşt narxining ösişi sekinlaşdi: suyakli mol göşti 0,8 foizga (sentabrda 3,1 foizga, avgustda 5,3 foizga oşgandi), qöy göşti esa 1,2 foizga (sentabrda 2,8 foiz, avgustda 4,9 foiz). Yil boşidan buyon mol göşti 11,7 foizga, qöy göşti 12,3 foizga qimmatladi.
Tuxum yana 1 foizga (yillik hisobda 22,9 foizga arzonladi), kungaboqar yoği 2,3 foizga (yil davomida +3,4 foiz), sut 0,9 foizga (+4,2 foiz) qimmatladi. Şakar 1,2 foizga (yil davomida +2,7 foiz), guruç 2,9 foizga (+0,4 foiz), un 0,2 foizga (-2,6 foiz) arzonladi.
Ketma-ket ikkinçi oy ijara haqi 1 foizdan köproqqa oşişi kuzatilmoqda. Oktyabr oyida respublikada uy-joy ijarasi örtaça 1,9 foizga qimmatladi.
Dori-darmonlar narxi ösişda davom etmoqda, oktyabr oyida bu körsatkiç yana 1,2 foizga oşdi (yil boşidan buyon 25,4 foizga).








