Hukumat test tizimiga oid qaror qabul qildi. Yangi markaz tashkil etilmoqda
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, jadal iqtisodiy o‘sish uchun mos professional kadrlarni tayyorlashda sog‘lom muhitni yaratish, xalqaro maydonda milliy kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, Davlat test markazida to‘plangan tajriba va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.
Ilmiy markazning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilandi:
test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish;
test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bo‘yicha mutaxassislar - testologlarni tayyorlash, bu borada mahalliy va xalqaro oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik o‘lchovlar, chet tillari bo‘yicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;
testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xorijiy tajribani o‘rganish asosida milliy tizimni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Ilmiy markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
shartnoma bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2020 yil 1 noyabrdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Davlat test markazi boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
07:16 / 20.08.2024