Bir guruh abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholaş agentligini sudga berdi. Bu haqda advokat Muxriddin Şamsiddinov ma’lum qildi.

«Joriy yil iyul oyida yuridik yönalişlarga imtihon topşirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qança jarima belgilangan, neça yilga «qamaladi» kabi) savollar tuşgan. Universitetda öqib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlaşni qatiy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Çunki birinçidan, yodlaşni umuman imkoniyati yöq, ikkinçidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bölmaydi», deb yozdi advokat.

Şamsiddinov advokat sifatida işga kirişganini ma’lum qildi. Iş Toşkent tumanlararo ma’muriy sudida körib çiqilişi mumkin.

Avvalroq, huquqşunoslik fanidan test yeçgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholaş agentligi tavsiya etmagan qonun va kodekslardan savol-topşiriqlar tuşgani böyiça şikoyat qilgan edi.

Bunga javoban Bilim va malakalarni baholaş agentligi tavsiya etilgan darsliklar va öquv adabiyotlari röyxatini öz saytiga avvaldan joylaştirganini ma’lum qilgan. Amaldagi davlat ta’lim standatlari va öquv dasturlaridan çetga çiqiş holatlari bölmaganini ta’kidlagan. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev esa agentlikning bu bayonotini «yolğon va safsata» deb atagandi.