Jahon | 07:56 / 20.10.2020
7542
1 daqiqa o‘qiladi

Alyaska sohillari yaqinida kuchli zilzila yuz berdi

AQShning Alyaska shtati sohillari yaqinida 19 oktyabrda kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila kuchi 7,4 magnitudani tashkil qilgan.

AQShning sunamidan ogohlantirish milliy markazi sunami yuzaga kelishi xavfi borligini ma'lum qilgan.

Seysmologlar ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Send-Poynt aholi punktidan 94 km janubda, o‘chog‘i esa 41 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayrongarliklar borligi haqida hozircha ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid