Yaqinda Samarqand viloyati Toyloq tumanida şunaqa reyd böldiki, undan bexabar odam qolmadi hisob. Axir kuppa-kunduzi bozorga odam taşiyotgan maşinalarni köçani tösib töxtatişsa va ularni sal kam 5 million sömdan jarimaga tortişsa, tumandagi bozorga çiqqan har bir odam bundan xabar topadi-da!

Yöq, bu mubolağa emas, 2020 yilda, Ilon Maskning kosmik kemalari koinotga «kira qilayotgan» vaqtda Toyloqda odamlarni bozorga olib borib, rözğor tebratayotgan kirakaşlarning yölini tösib (!), karantinda sillasi qurigan oilalarga falon milliondan jarima qöllaşmoqda.

Şu örinda savol tuğiladi: öşa kirakaş haftada ikki kun bozorga odam taşib, rözğorining teşigini yamasinmi, kimdir koronavirus yuqtirgan bölsa, unga dori taşisinmi, moliga otning kallasiday qimmatlagan yem olsinmi, «öta sezuvçan» yangi ASKUE hisoblagan svetning qarzini tölasinmi yoki qaysidir kabinetda ötirib buyruq bergan rahbarning kasriga yiqqan-terganini jarimaga atasinmi?

Öşa kirakaşlarning yölini tösib, jarimaga solişni buyurgan katta karantin odamlarning belini bukib qöyganini, qassobxonalarda odamlar grammlab göşt olişga ötganini, mart oyidan buyon millionlab özbeklarning dardi qanday qilib bölsa ham kunini ötkaziş bölib qolganini bilarmikin?

Aslida litsenziyasiz yölovçi taşiş barça viloyatlarda «gullab-yaşnagan». Hamma şaharda ruxsatnomasiz yönalişsiz taksilar köçalarni töldirib yuradi. Tabiiyki, ularning xizmatidan köpçilik foydalanadi. Afsuski, bu muammoning ildiz otişiga sabab bölgan omillar, haydovçilar nima sababdan noqonuniy yölovçi taşiyotgani örganilmagan körinadi. Samarqand viloyati misolida muammoni körib çiqişga harakat qilamiz.

Viloyatda transport boşqarmasi xodimlari tomonidan sönggi 10 oyda 2 864ta noqonuniy yölovçi taşiş holati aniqlanib, sudlarga yuborilgan. Faqat aniqlangan noqonuniy yölovçi taşiş holatlari soniki minglab ekan, qança odam ruxsatsiz bu faoliyat bilan şuğullanişini tasavvur qilib köring. Mutaxassislar Samarqandda noqonuniy yölovçi taşuvçilar soni 3000ta atrofida deb baholamoqda.

Yilning ötgan 10 oyi mobaynida viloyat transport boşqarmasi tomonidan hamkor taşkilotlar bilan 718 marta qöşma reydlar ötkazilgan. Aynan noqonuniy yölovçi taşiş masalasida. Şunga qaramay, muammo yöqolmagan. Demak, faqat ruxsatsiz yölovçi taşiyotganlarni uşlaş va jarima qiliş bilan iş bitmayotgan, ularning soni kamaymayotgan ekan, muammo tizimning özida emasmikin?

Yölovçi taşiş, umuman, transport tizimida haydovçilar uçun qandaydir noqulaylik borki, ular «aylanma yöllar»dan yurişga majbur. Har holda, minglab hamyurtlarimizni qonunni buzişga moyil deyişga til bormaydi.