Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
Xususan, Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i soxta harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 dollar olganida qo‘lga tushgan.

Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, navbatdagi shunday tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi inspektori 43 yoshli M.R. mazkur tumanda yashovchi mahalliy fuqaroning 11,5 million so‘m miqdoridagi soliq qarzini elektron bazadan o‘chirish va qarzdorlik to‘langani xususida soxta hujjat rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan talab qilingan 6 million so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i, Qurolli Kuchlar xizmatchisi 52 yoshli S.I. hamda uning yordamchisi 33 yoshli F.E. o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda Samarqand shahrida yashovchi mahalliy fuqaroning AQShga ishlash uchun ketgan o‘g‘liga safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagani to‘g‘risida soxta harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 AQSh dollari talab qilgan. Ular kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.
Shuningdek, Milliy gvardiya Paxtachi tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi 26 yoshli safdor Sh.A. mahalliy fuqaroga «Qoraqo‘ton oltin koni» hududidagi 25-sonli shaxtadan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni qazib olishga sharoit yaratib berish evaziga 8 million so‘m va 600 dollar talab qilib, kelishilgan puldan qolgan 600 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Kadastrlar palatasi Narpay tuman filiali muhandisi 26 yoshli S.Sh. esa mahalliy fuqaroning yaqin qarindoshi nomidagi turar joyga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilib, bu pulni olgan vaqtda qilmishi fosh etilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi
Jahon | 18:52
-
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?
Sport | 18:38
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

20:26 / 27.06.2025
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi

14:59 / 24.06.2025